Avtomatlashtirish va boshqarish


Qarshilik manometrlarining



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə119/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Qarshilik manometrlarining ishlash printsipi sezgir element qarshiligining tashqi bosim ta’sirida o’zgarishiga asoslangan. Sezgir elementlar qatoriga manganin, platina, konstantan, volьfram, yarimo’tkazgich va hokazolar kiradi. Qarshilik manometrlarida qo’llash uchun eng qulayi manganindir.
Manganin ∆R elektr qarshilik orttirmasining R bosimga nisbatan chiziqli bog’lanishiga ega:
∆R=Kp·R·P (12.6)
bu yerda, Krmanganin qarshiligining o’zgarish koeffitsnenti, 1/Pa; R — qarshilik, Om.
Manganin qarshiligining chiziqli bog’lanishi tajriba ma’lumotlaridan 3000 mPa bosimgacha tasdiqlanadi. Bundan tashqari, manganin zlektr qarshiligining harorat koeffitsienti juda kichik. O’zgartgich sezgirligining kichikligi bu manometrlarni juda yuqori (100 mPa dan ortiq) bosimlarni o’lchash uchun qo’llashga yo’l qo’ymaydi. Manganin uchun Kr =22,95·10-2 dan 24,61·10-2 1/Pa gacha.
O’zgartgichdagi manganin qarshiligini o’lchash uchun, odatda, ko’priklar, aniq o’lchovlar uchun esa potentsiometrlar qo’llanadi. Manganin qarshilikli manometrlarning yo’l qo’yadigan asosiy xatosi ± 1 % dan oshmaydi. Asbobsozlik sanoatida chiqarilayotgan MM-2500 manganinli manometrlar 2500 mPa gacha bosimni o’lchaydi.
Yarimo’tkazgichli datchiklarning pьezokoeffitsienti manganinnikidan ming marta ortiq, lekin datchiklar qarshiligining bosimga bo’lgan bog’lanishi nochiziqlidir. Bundan tashqari, katta miqdordagi gisterezis mavjud bo’lib, harorat ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Yarimo’tkazgichli qarshilik datchiklari mexanik jihatdan pishiq emas, ular 10 mPa dan ortiq bosimlarni o’lchashga yaroqsiz.
Elektr qarshilik usuli bo’yicha bosimni o’lchashda sezgir element sifatida tenzodatchiklar qo’llaniladi. Tenzometrning ishlash printsipi kuch yoki unga mutanosib bo’lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim qarshiligining o’zgarishiga aylantirishdan iborat.
Detaliga yopishtirilgan tenzodatchiklar o’lchanayotgan bosim R ni elektr qarshilik o’zgarishi bilan sezadi. Bu tenzosezgirlik koeffitsienta KT bilan baxolanadi:

(12.7)
Bu yerda ∆R/R— tenzometr qarshiligining nisbiy o’zgarishi; ∆l/l — cimning nisbiy deformatsiyasi; Kt — koeffitsient qiymati metallar uchun 0,5 ... 4,0 chegarasida bo’ladi.


Yuqori metrologik va foydalanish xarakteristikalariga ega bo’lgan tenzorezistorli bosimni o’lchash o’zgartkichlari bir qator afzalliklariga ko’ra: gabarit o’lchamlari va massasi kichik, vaqt bo’yicha yuqori darajada barqaror, aniqligi yuqori, tebranishga chidamliligi, turli agressiv muhitlar bilan kontaktda ishlashi mumkinligi, uchqunga havfsiz qilib ishlaganiga ko’ra yanada kengroq tarqalmoqda. Avtomatik nazoratning sanoat tizimlari uchun va o’zgarmas tokning (0...5; 0...20 yoki 4...20 mA) standart chiqish signallari bilan ishlovchi mikroprotsessor texnikasi asosidagi TJABT tarkibidagi tizimlar uchun Sapfir turkumidagi elektr o’lchov tenzometrik o’zgartkichlari majmuasi ishlab chiqarilmoqda: odatdagicha ishlangan Sapfir-22 va portlashdan himoyalangan turdagi Sapfir-22 Ex. O’zgartkichlarning aniqlik sinfi 0,25 va 0,5.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin