Induktiv asboblarning ishlash printsipi g’altak induktivligining tashqi bosim ta’siridan o’zgarishiga asoslangan.
1 2.1-rasmda induktiv o’zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o’lchash o’zgartkichining sxemasi ko’rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o’ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. Ulchanayotgan bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o’zgartkichli elementning elektr qarashiligini o’zgartiradi. Agar g’altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o’zakda yo’qotilsa, o’zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo’yicha aniqlash mumkin.
L=W2μ0·S/δ (12.1)
bu yerda, W — g’altak o’ramlari soni, μ0 — .havoning magnit singdiruvchanligi, S — magnit o’tkazgich ko’ndalang kesimining yuzi, δ—havo oraligining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o’lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib,
δ=K·P (12.2)
(12.1) tenglamani quyidagi ko’rinishga keltiramiz:
L=W2·μ0·S/K·P (12.3)
(12.3) tenglama bosimni o’lchash induktiv o’zgartkichning statik xarakteristikasini ifodalaydi.
L ni o’lchash, odatda, o’zgaruvchan tok ko’priklari yoki rezonansli LC-konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 MPa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo’lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil etadi. Induktiv bosim o’zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.
Sig’imli manometrlarning ishlash printsipi bosim o’zgarishi bilan yassi kondensator qoplamalari orasidagi masofani o’zgartirishi natijasida uning sig’imining o’zgarishiga asoslangan. Sig’imli manometrning printsipial sxemasi 12.2-rasmda keltirilgan. O’lchanayotgan bosim asbobga naycha 1 orqali beriladi va membrana 2 orqali
qabul qilinadi. Membrana 2 va elektrod 3 kondensator qoplamalarini hosil qiladi. Kondensator esa o’lchash sxemasiga ulagich 4 lar orqali bajariladi. Kondensator sig’imining qoplamalar o’rtasidagi masofaga bog’liqligi quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi
(12.4)
bu yerda, S — qoplamalar yuzi; ε — qoplamalar orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi; l — qoplamalar orasidagi masofa.
Bosim ta’sirida membrana egilib, etektrod 3 ga yaqinlashadi. Membrananing egilishi natijasida l masofa o’lchanayotgan bosimga nisbatan mutanosib o’zgaradi. Qoplamalar yuzi va dielektrik singdiruvchanlik o’lchash jaraenida o’zgarmaydi.
Shuning uchun, (12.4) ifodani quyidagicha yozish mumkin:
C=K/l (12.5)
bu yerda, K=S·ε
Shunday qilib, kondensator sig’imi o’lchanayotgan bosimga mutanosibdir. S ni o’lchov axboroti signaliga aylantirish uchun, odatda, o’zgaruvchan tok ko’priklaridan yoki rezonansli LC- konturlardan foydalaniladi. Sig’imli asboblar 120 mPa gacha bo’lgan bosimni o’lchashda qo’llanadn. Membrananing qalinligi 0,05...1 mm. Ulardan tez o’zgaruvchi bosimlarni o’lchashda foydalaniladi. Sig’imli manometrlarning ko’rsatishiga atrof muhitning harorati ta’sir qiladi. CHunki harorat o’zgarishi natijasida qoplamalar orasidagi masofa o’zgaradi. Sig’imli manometlarning yana bir kamchiligi parazit sig’imlar ta’siridir. O’lchash xatoligi asbob shkalasining ±0,2...5% idan oshmaydi.