Avtomatlashtirish va boshqarish


-TAJRIBA ISHI. Bosimni o’lchash va nazorat qilishni o’rganish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə114/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

11-TAJRIBA ISHI.

Bosimni o’lchash va nazorat qilishni o’rganish.




Ishdan maqsad:
Ushbu tajriba ishi virtual stendlar yordamida bosimni o’lchash usullarini o’rganishga mo’ljallangan.
Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo’llaniladigan bosimni o’lchash usullarini va ularning ishlash printsiplarini virtual stendlar yordamida o’rganib, hisobotda ularning ishlashiga aniq tushuntirish berishlari kerak bo’ladi.


Bosimni o’lchashning nazariy asoslari
Suyuqlikli manometrlar
Ushbu o’lchov asboblarining ishlashi o’lchanayotgan bosimni ma’lum bir balandlikdagi suyuqlik ustuni bosimi bilan muvozanatlanishiga asoslangan.
Suyuqlikli shisha manometrlar asosan laboratoriya sharoitlarida o’lchashga qo’llaniladi. Sanoatda kamdan kam qo’llaniladi. U-simon idishchali, egilgan trubkali idishchali, kolokolli va halqali turlari mavjud.
Ikki trubali U-simon shisha manometri:
Bu o’lchov asboblarida o’lchanayotgan bosim muvozanatlovchi suyuqlik ustuni balandligi bo’yicha aniqlanadi (ris.11.1).
P= (ρ - ρc)gh = ρgh - ρs gh
Bu yerda, g = 9,80665 m/sek2, o’rtacha erkin tushish tezlanishi;
ρ i ρs – U-simon shisha manometridagi suyuqlik zichligi va bu suyuqlik tepasidagi muxit zichligi;
h – muvozanatlovchi suyuqlik ustuni balandligi.

Ris.11.1. Suyuqlik manometrlar ish printsiplar


Agar, ρ››ρc ligini hisobga olsak, unda yozish mumkin,

P = ρgh yoki R = kh


P1 = Pb + ρgh; P2=Pb+Pizb,
Muvozanat xolatida R1=R2 ligini hisobga olinsa, unda
Pb+ρgh = Pb+Pizb
Pizb = ρgh =ρg(h1+h2)
Deformatsion (prujinali) manometrlar
Prujinali manometrlarning ishlash printsipi, o’lchanayotgan bosim ta’sirida maxsus prujinalarning bikir deformatsiyasidan foydalanishga asoslangan. Ya’ni, o’lchanayotgan bosimni xar xil bikir elementlarning deformatsiyalanish kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan. Qo’llanilayotgan prujina turiga qarab bu o’lchov asboblari quyidagicha turlanadi:
  1. Trubasimon prujinali asboblar;


  2. Membranali asboblar;


  3. Silьfonli asboblar.





Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin