Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə127/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

G’aniyev I.F. NKMK “Nazorat o’lchov asboblari va avtomatlashtirish” markaziy laboratoriyasi boshlig’i

KIRISH
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. SHuningdek, avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo’la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo’lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.



Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish— uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo’lib, u ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko’pchilik sohalari bilan uzviy bog’langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko’p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko’rsatadi: tex­nologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Amaliy mashg’ulotlarda o’lchov asboblarining ish printsipi, fizik belgilanishi va o’lchov printsiplari, u yoki bu o’lchov vositalarining asosiy ish holati, o’lchov o’zgartgichlarining, ikkilamchi asboblar printsipial sxemalari, texnik xarakteristikasi ko’rsatilgan. Sanoatda qo’llaniladigan boshqarish va o’lchov tizimlari ko’riladi, ularning sifat va imkoniyatlari tahlil qilinadi.
O’lchov jarayon birligi sifatida har xil tashqi faktorlarga ta’sirlashuvchi sezgir elementlarning o’zgartirgichlarining va ikkilamchi o’lchov qurilmalarining ish printsipiga mos tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari amaliy mashg’ulotda ma’ruza darslarida va mustaqil ishlash jarayonida olingan ma’lumotlarni mustahkamlanadi

Amaliy ish № 1.
O’lchash asboblari va o’lchash asboblari xatoliklari to’g’risida asosiy tushunchalar

Ish maqsadi: Asosiy o’lchash usullarini, o’lchash asboblari va o’zgartirgichlarning tuzilishini o’rganish. O’lchash va o’lchash asboblarning xatoliklari turlarini o’rganish.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin