Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə123/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

30.1- rasm. Erkin tushuvchi zoldirli avtomatik viskozimetr sxemasi. 190
ta’sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushqoqlikka mutanosib bo‘ladi: 190
M=K • u • ю, (30.3) 190
bu yerda: M— aylantiruvchi moment, Nm; AT—asbob doimiysi; ц — dinamik qovushqoqlik, Pa • s; co — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s. 190
Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni oichash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 6.46- rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko'rsatilgan. 190
Koaksial silindrli viskozimetr (30.2-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan suyuqlik bilan to'ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o'zgarmas tezlik bilan aylanganda dvigatel 1 ta’sirida suyuqlik statsionar aylanish holatiga keladi va aylantiruvchi momentni ichki silindr 3 ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta’sir qilishi kerak. Bu kuch, rasmda ko'rsatilga- nidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil qilinadi. 190
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko'rilayotgan suyuqlikning qovushqoqligi quyidagicha bog'langan: 190
M=NL 190
bu yerda: M— kuch momenti, N■ m\ /—ichki silindming uzunligi, m; w — tashqi silindr aylanishining burchak tezligi, 1/s; R va r— tashqi va ichki silindrlaming radiusi, m. 191
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo'ladi. 191
Tekshiriladigan suyuqlikka cho'ktiriladigan aylanuvchi jism (30.2-rasm, b) sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida o'zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga ko'rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o'lchanadi. 191
Aylanuvchi diskli viskozimetr (30.2-rasm, d) tekshirilayotgan suyuqlikka cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel / yordamida ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushqoqligiga mutanosib boTib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida muvozanatlanadi. 191
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushqoqligini uzluksiz oichashda ham foydalanish mumkin. 191
Rotatsion viskozimetrlarning o'zgarmas koeffitsiyentlari analitik ravishda yoki etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yoii bilan aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlarning oichash chegarasi 0,01...1000 Pa • s. 191
Tebranishli viskozimetrlar. Keyingi yillarda katta oichash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega boigan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy afzalliklarga ega boigan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda. 191
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit qovushqoqligiga bogiiqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar elektromagnitli va ultratovushli boiadi. Elektromagnitli (past chas­totali) viskozimetrlar 1 kHz gacha va ultratovushli asboblar 10—1000 kHz chastotalarda ishlaydi. 191
30.3-rasmda ko'rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ish­lash prinsipi quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element — poiat plastinka 3 ning bir uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po'lat plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovush­qoqligini o'lchashda poTat plastinka tebranishlarining amplitudasi o'zgaradi. Bu o'zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda induksiyalangan kuchlanish to'g'- rilanib, o'lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qovushqoqlik birligida darajalangan. Ular qovushqoqlikni + 3 ... 5 % xatolik bilan o'lchaydi. 191
Ultratovushli viskozimetrlar universal hisob­lanadi. Bu asboblar katta oTchash chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo'qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bo'lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan. 192
Avtomatik titriash. Titrlash — eritmalami miqdoriy tahlil qilishning keng tarqalgan universal usullaridan bo'lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi shu usulga to'g'ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik titrometrlar) ning qo'llanilishi tahlillar o'tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina hollarda ularning aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar, analitiklarni kamaytiradi. 193
Eritmada boshqa komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda A ning konsentratsiyasini aniqlash titrlash deb ataladi. Buning uchun maxsus reagent В tanlanadi, uni titrlovchi modda (titrant) deb ataladi, u quyidagi sxema bo'yicha tahlil qilinayotgan aralashmaning ma’lum komponentiga tanlab reaksiya ko‘rsatadi: 193

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin