Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə131/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Tasodifiy xatoliklar ma’lum bo’lgan har qanday qonuniyatga bo’ysunmaydi.
Qo’pol xatoliklari bo’lgan o’lchov natijalari noto’g’ri xatoliklar deb hisoblanmaydi.
Tasodifiy xatoliklar o’zining kattaligi va tabiati bo’yicha oldindan aniqlanmagan hisoblanadi. Takroriy o’lchashlarda ular o’zgarmas bo’lib qolmaydi, chunki ular o’lchash jarayoniga o’zini har xil namoyon qiladigan va mustaqil bo’lgan ko’pgina sabablar bilan birgalikda ta’siri natijasida vujudga keladilar.
Ba’zi o’lchashlarda tasodifiy xatoliklar hisobga olinmaydi, ammo bitta doimiy kattalikning bir xil sinchiklik bilan takroriy o’tkazilgan o’lchashlarda, muntazam va qo’pol xatoliklarni mustasno qilganda, olingan natijaga ularning ta’siri bo’lgan deb baholash mumkin.
O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya'ni kattaliklarning ma'lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalariga ega bo‘ladi.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.
O‘lchov — berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o‘lchovi; o‘lchov rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi — yorug‘lik o‘lchovi va hokazo.
Bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni kayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli o‘lchovlar bor. Ko‘p qiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi.
Amaliy ish № 3. O’lchov asboblarining o’zgartirish koeffitsientini aniqlash. O‘lchov asboblarining xatoliklari va keltirilgan xatolikni aniqlash.


Ishdan maqsad. Texnologik o‘lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan aniq fizik kattaliklarni o‘lchash usullari va o‘lchashlarning eng keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash asboblari qarab chiqish.
K o‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan fizik kattalikni oldindan o‘zgartirish bilan bog‘lik..


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin