Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə132/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

O‘lchash o‘zgartirishi - bitta fizik kattalikning o‘lchamini boshqa fizik kattalikning o‘lchamiga o‘zgartirishdan iboratdir. Misol tariqasida R bosimni deformatsion manometr yordamida o‘lchashni qarab chiqamiz. Bosim ta’sirida naychasimon prujina buraladi (uning erkin uchi biroz siljiydi) — bu o‘zgartirishning birinchi bosqichi: ∆R→∆l. Naychasimon prujina uchining siljishi o‘qning burilish burchagiga o‘zgaradi: ∆ l →∆φ — bu o‘zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O‘kda strelka mavjud bo‘lib, uning uchi bo‘linmali shkala bo‘yicha siljiydi — bu o‘zgartirishning uchinchi bosqichidir ∆φ→∆a, u o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi. Umumiy holda hamma o‘zgartirishlarni bunday yozish mumkin:

O‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchashlar vositasi sifatida o‘lchash o‘zgartirishi ∆R→∆a ni amalga oshirishga imkon berdi. Kattalikning ketma-ket o‘zgartirishlar qatoridan bittasi yuz beradigan o‘lchash vositalari elementi o‘zgartirish elementi deb ataladi. O‘zgartirish elementi har doim ham konstruktiv ajralib turmaydi, ya’ni o‘lchash vositasi tuzilishining ayni bitta elementi ikki va undan ortiq o‘zgartirish elementiga ega bo‘lishi mumkin.
O‘lchash axboroti signali hamma o‘zgarishlarining amalga oshishini ta’minlovchi
o‘zgartirish elementlari to‘plami o‘lchash vositasining o‘lchash maqsadi deyiladi. O‘lchash zanjirida bevosita o‘lchanayotgan kattalikning ta’sirida bo‘lgan birinchi o‘zgartirish elementining qismi sezgir element deyiladi. Sezgir elementning o‘lchash vositasini aniqlashda e’tiborli bo‘lish va uni ximoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura o‘lchanayotgan kattalikka bevosita tegib turadi. «O‘lchash o‘zgartirishi» tushunchasi
«o‘lchov o‘zgartkichi» tushunchasiga qaraganda ancha keng ma’noga ega, chunki ayni bir o‘lchov o‘zgartirishi o‘lchov o‘zgartkichlarning ish (ta’sir) prinsipi turlicha bo‘lgan ketma ketlik bilan bajarilishi mumkin. 1.1-rasmda ayni bir xil .harorat o‘lchash o‘zgartirishini mexanik ∆l siljishga o‘zgartiradigan turli o‘zgartkichlarga misollar keltirilgan. Birinchi holda bu simob ustunining harorat ko‘tarilishi natijasida kengayishidagi siljishi bo‘lsa, ikkinchi holda — qatlamlari turlicha bo‘lgan harorat kengayish koeffitsientiga ega bo‘lgan bimetall plastinkalarning siljishi; uchinchi holda — harorat o‘lchanadigan muhit bilan bevosita aloqada bo‘lgan sezgir element bilan bog‘liq asbob ko‘rsatkichining (strelkasining) siljishi. SHunday qilib, o‘lchash o‘zgartirishining ko‘rsatmasi nimani va nimaga aylantirish kerak, degan savolgagina javob beradi, aniq o‘lchash o‘zgartkichlarining ko‘rsatishi esa buni tabiatan qanday bajarish mumkin, degan savolga javob beradi. Aslida o‘lchash o‘zgartkichi bir xususiy o‘lchash o‘zgartirishini baja-ruvchi ma’lum amal prinsipida yasalgan texnik qurilmani ifodalaydi.
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy xarakteristikalaridan biri o‘zgartirish koeffitsienti bo‘lib, u o‘lchanayotgan kattalikni akslantiruvchi o‘zgartkichning chiqishidagi signalning o‘zgartkich kirishidagi signalga nisbatini ifodalaydi.
Funksional vazifasiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartkichlarini quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: birlamchi, oralik, masshtabli, uzatuvchi va boshqalar.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin