Ishdan maqsad. Qarshilik termometrlari va termaparaning ishlash printsipi, o’lchash usullarini va tuzilishini o’rganish.
Qarshilik termometrlari Termaparaning ishlash printsipi. Termopara – eskidan qolgan va hozirgi vaqtgacha sanoatda eng keng tarqalgan harorat datchigi. Agar erkin zaryadi bo’lgan bir jinsli material o’lchash kontaktlarida har xil haroratga ega bo’lsa, kontaktlar o’rtasida potentsiallar farqi vujudga keladi. Bizlar uchun adabiyotda keltirilgan bir oz boshqacha ta’rif tanish bo’lib qolgan – ikkita har xil jinsli o’tkazgichdan, kavsharlangan joylar orasidagi harorat gradienti mavjud bo’lganida, tutashtirilgan(berk) zanjirda tok vujudga kelishi.
TS qarshilik termometri - bu odatda metall yoki keramik kopusdagi termometr, uning sezgir elementi metall simdan yoki plenkadan tayyorlangan va elektr qarshilikning haroratdan ma’lum bog’liqligi bo’lgan rezistor. Termometrning eng taniqli turi- platinali qarshilik termometri, bu platinaning yuqori harorat koeffitsienti, uning oksidlanishga barqarorligi va yaxshi texnologikligi bilan izohlanadi. Ishchi o’lchov vositalari sifatida mis va nikelli termometrlar ham qo’llaniladi. Qarshilik termometrlarning asosiy afzalligi – haroratning keng diapazoni, yuqori barqarorligi, tavsifining chiziqli bog’lanishga yaqinligi, yuqori o’zaro almashinuvchanlik. Plenkali platinali qarshilik termometrlari titrashga yuqori chidamliligi, biroq kichik harorat diapazoni bilan ajralib turadi. SHuningdek qarshilik termometrlarning turli o’lchamdagi germetik sezgir elementlari ishlab chiqariladi, bu ularni kichik harorat datchiklarini o’rnatish lozim bo’lgan joylarda ishlatishga imkon beradi. Qarshilik termometrlari va qarshilik sezgir elementlarning kamchiligi - aniq o’lchamlar uchun uch yoki to’rt simli ulash sxemalardan foydalanish zaruriyati, chunki datchikni ikki sim yordamida ulaganda ularning qarshiligi termometrning o’lchangan qarshiligiga qo’shiladi. Sim tipdagi TS uchun asosiy texnologik muammo CHE korpusini maxsus sir bilan germitizatsiya qilish hisoblanadi, sir tarkibi shunday tanlangan bo’lishi kerakki, harorat ish diapozoni chegarasida o’zgarganda germetizatsiyalash qatlami buzilmasin.