Avtomatlashtirish va boshqarish


Ishdan maqsad. Haroratni o’lchash uchun termometrlarni o’rganish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə136/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Ishdan maqsad. Haroratni o’lchash uchun termometrlarni o’rganish.
Termometrlar – ob’ekt haroratini u bilan bevosita aloqa qilgan holda o’lchaydigan asboblar. Zamonaviy termometrlarning ishlash printsipi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Eng ko’p tarqalganlari- suyuqlikli termometrlar, manometrik termometrlar, bimetall termometrlari kontaktli raqamli termometrlar.
Suyuqlikli termometrning ishlash printsipi suyuqlikni issiqlik ta’sirida kengaytirishga asoslangan, termometrlarning bunday turi oddiy va ishlatilishi oson. Bu uni texnikada va laboratoriya amaliyotida 200 dan 7500S gacha bo’lgan diapazonda haroratni o’lchash uchun keng qo’llashga imkon beradi.
Suyuqlikli termometr – unga (xuddi shunday materialdan tayyorlangan) kapillyarlar kavsharlangan, qalin kapillyarga yoki qattiq mahkamlangan plastinaga o’lchash shkalasi chizilgan shaffof shisha rezurvuardir(kam hollarda kvartsli).
Suyuqlikli manometrik termometrlar tizimi boshlang‘ich bosim ostida suyuklik bilan to‘ldiriladi. Buning uchun simob, ksilol, propil alkogol, metaksilol va hokazolar ishlatiladi. Suyuklikli termometrlar uchun bog‘lovchi kapillyarlar uzunligi 0,6 m dan 10 metrgacha bo‘ladi. Bu termometrlar — 150°S dan 600°S gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashga imkon beradi.
Termoballon harorati t0 dan t gacha orttirilganda undagi suyuklik kengayadi, ortikcha hajm kapillyarga va monometrik prujinaga ta’sir etadi. Broq, termoballon va kapillyar qattiqligi monometrik prujinanikidan anchagina ko‘p, shuning uchun, tizim hajmining orttirilishi monometrik prujina hajmining o‘zgarishi hisobidan bo‘ladi. Monometrik prujinaning deformatsiyalanishi natijasida uning erkin uchi siljiydi.
SHisha kengayish termometrlari. SHisha kengayish termometrlarning ishlash printsipi suyuqliklarni issiqlik ta’sirida kengayishiga asoslangan. SHisha kengayish termometrlarning quyidagi xillari chiqariladi.
Ichiga shkalali plastina o’rnatilmagan simobli laboratoriya yoki cho’psimon (tashqi yuzasiga shkala darajalari chizilgan qalin kapillyar naychalar) termometrlar, o’lchanayotgan muhitga hisoblaydigan harorat ko’rsatgichigacha botirganda darajalangan termometr, tashqi diametri 5-11 mm uzunligi 160-530 mm bo’lgan to’g’ri (bevosita)termometrlar (2.1 rasm). Pastki o’lchash chegarasi - 30 dan + 3000S gacha, yuqori o’lchash chegarasi 20 dan 6000S gacha. SHkala bo’linmalarining qiymati 305 dan 5000S gacha bo’lgan o’lchash diapazonida 0,1 dan 20S gacha.
Simobli shisha kengaytirish termometrlari yuqori aniqlikda o’lchashi, darajalanishning barqarorligi va kichik qiymati bilan ajralib turadi. Biroq ularning nozikligi, ABT(ASU)da ishlatib bo’lmasligi va katta dinamik, ba’zida esa metodik xatolar qo’llash sohasini chegaralaydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin