Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə138/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Ish maqsadi: Gazli manometrik termometrlarning ishlash prinsipi, o’lchash usullarini va tuzilishini o’rganish.
Gazli manometrik termometrlarning ishlash prinsipi germetik berkitilgan termotizimdagi inert gaz bosimining haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Gazli termometrlardagi boshlang‘ich bosim haroratni o‘lchash chegaralariga bog‘liq bo‘lib, odatda 0,98...4,9 MN/m2 (10...50 kgk/sm2) ni tashkil qiladi. Bu termometrlar — 150°S dan +1000°S gacha haroratlarni o‘lchash imkonini beradi. Gazli termometrlarning ish moddasi sifatida azot ishlatiladi.
Gazli, termometrlarning ishi ideal gaz bosimi va harorati orasida to‘g‘ri chiziqli munosabat o‘rnatuvchi SHarl qonuniga asoslangan:

(2.10)
bu erda, R0 va Rtgazning 0 va t haroratlardagi bosimi; β —gaz kengayishining termik koeffitsienti; t0 va t — °S da berilgan boshlang‘ich va oxirgi haroratlar.


Termometr shkalasi tekis, bu esa uning afzalligi hisoblanadi.
Haroratlar farqi tufayli bosimning o‘zgarishi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(2.11)
Gaz bilan to‘ldirilgan termometr tizimidagi boshlang‘ich bosim:
(2.12)
Termometr tizimidagi boshlang‘ich bosim katta bo‘lgani uchun atmosfera bosimining asbob ko‘rsatishiga bo‘lgan ta’siri juda kam, shuning uchun, uni amalda hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Atrof muhit haroratining +20°S dan chetga chiqishi o‘lchashda xatolik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu xatolikni kuyidagi tenglamadan hisoblab chiqish mumkin:
(2.13)
bu erda, vmmanomstrik prujinaning hajmi; vbtermoballonning hajmi; tmmanometr atrofidagi °S da berilgan harorat; t0asbob darajalangan vaqtdagi harorat (20°S)
Kapillyar naycha isishidan kelib chikqan xatolik:
(2.14)
bu erda, vkkapillyar naychannng hajmi; tkkapillyar atrofidagi °S da berilgan harorat.
Termoballon hajmi termometr germetik (yopiq) tizimi hajmining 90% ini tashkil etadi. Termoballon, kapillyar va prujinalarning nisbiy hajmlari to‘g‘ri tanlangan tarzda kapillyarlari 40 m uzunlikdagi termometrlar haroratni kompensatsiyasiz etarli darajada aniq o‘lchay oladi. Kapillyar juda ham uzun bo‘lsa, tsrmoballonning kerakli hajmi haddan tashqari kattalashadi, natijada asbobning issiqlik inersiyasi oshib ketadi. Hamma hollarda, ayniqsa, ishlatish vaqtida manometrik prujina va kapillyar naychani atrofidagi qizigan buyumlar ta’siridan ehtiyot qilish zarur. Ba’zan harorat o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolikni kompensatsiya qilish uchun manometrik prujinaning uzatuvchi mexanizmi ichiga o‘rnatilgan bimetall spiral ko‘rinishidagi kompensatsion qurlmadan foydalanadi. Bimetall spiral monometrik prujina haroratini o‘lchashda asosiy prujinaga nisbatan teskari yo‘nalishda harakat qiladi.

Atrof-muhit havo haroratini o‘zgarishi kapillyarda va manometrik prujinada ish-moddasining kengayishga ta’sir qiladi. Bu hol termotizim bosimini va termometrning ko‘rsatishini xam o‘zgartiradi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun prujina va kapillyar ichki hajmining termoballon hajmiga nisbatini kamaytirishga harakat qilinadi. Buning uchun termoballon uzunligi yoki uning diametri orttiriladi. Gazli manometrik termometr termoballonining uzunligi 500 mm dan ortmasligi lozim, termoballon diametri ushbu: 5, 8, 10, 12, 16, 20, 25 va 30 mm qatordan tanlanadi. Kapillyar uzunligi 0,6 dan to 60 m gacha bo‘lishi mumkin.


Maxsus tayyorlangan gazli manometrik termometrlar 0°S dan past haroratlarni o‘lchash uchun ham qo‘llaniladi.
Masalan, vodorod gazli termometr —2500S gacha, geliylisi esa —267°S gacha haroratlarda ishlatilishi mumkin.
Gazli manometrik termometrlarning o‘ziga xos kamchiliklaridan biri, ularning issiqlik inersiyasining kattaligidir. Buning sababi termoballon devorlari bilan uni to‘ldirgan gaz o‘rtasidagi issiklik almashish koeffitsientining kichikligi va gazning issiqlik o‘tkazish qobiliyatinint kamligidir.
Amaliy ish №7. Manometrik termometrlar va ularning konstruktiv parametrlarini hisoblash.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin