Avtomatlashtirish va boshqarish


Elektr tutashuvli manometrlar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə146/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Elektr tutashuvli manometrlar
Elektrkontakt (elektrtutashuvli) qo’shimcha moslama 100 va 150 mm diametrli va aniqlik sinfi 1,5-li manometrlar yoki manovakuummetrlarga o’rnatilishi mumkin.
Qo’llash sohasi: issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, ventilyatsiya, mashinasozlik.
Elektrkontaktli qo’shimcha moslamali manometr, elektrkontaktli manometr yoki EKM deb ataladi, o’lchanayotgan bosim kattaligiga nisbatan elektr zanjirlar kommutatsiyasi uchun mo’ljallangan.
EKM shunday ishlaydi: elektrkontaktli guruh va asbob strelkasi mexanik jihatdan bog’liq va strelka o’rnatma qiymati (bo’sag’a qiymati)dan o’tganida elektr zanjirining tutashishi yoki uzilishi sodir bo’ladi.

4-rasm. Elektrkontaktli manometr


1 – ko’rsatuvchi strelka; 2, 3 – strelkalar; 4 – elektr kontaktlar;
5 – yetaklash tortqisi; 6 – elektr kontakt
Bosimlarni o’lchash uchun deformatsion asboblar

O’lchash printsipi
Bir o’ramli trubkali prujinali asbobda o’lchash printsipini ko’rib chiqamiz. Deformatsiya sezgir elementining (SE) bo’sh tomonini harakatlanishini manometr ko’rsatgichiga uzatish uchun sektorli va richagli uzatma mexanizmlar ishlatiladi. Uzatma mexanizm yordamida trubkali prujinaning bo’sh tomoni bir necha darajaga (gradusga) yoki millimetrga siljishi strelkaning 270-300° ga burchakli siljishiga aylanadi.
Printsipial sxema

3.3-rasmda sektorli uzatma mexanizmli manometr konstruktsiyasi ko’rsatilgan.


Asbob bir tomoni tutqich tirqishiga 1 ulangan, ikkinchisi esa (qo’zg’aluvchan) zichlab kavsharlab berkitilgan va ustida poynaki 9 bo’lgan trubkali prujinadan 4 iborat. Prujinaning ichi o’lchanayotgan muhit bilan tutqichdagi 1 radial shtutser 13 bilan ta’minlangan kanal orqali bog’langan. Asbob tutqichi tribko-sektorli mexanizm o’rnatilgan plata 2 bilan jihozlangan. Ohirgisiga tishli g’ildirak (trubka) 7 va tishli sektor 8 kiradi. Lyuftni oldini olish uchun uzatma mexanizmda bir tomoni shtift yordamida tribka o’qiga, ikkinchisi esa plataga 2 qotirilgan kolonkaga 5 mahkamlangan, spiral prujina 6 ishlatiladi. Sektorning xvostovikiga (quyruqiga) 8 vint 11 yordamida tyaga 10 qotiriladi. Tyaga orqali prujinaning bo’sh tomoni harakatlanishi aylanish o’qi 12 bo’lgan tishli sektorga uzatiladi. Tishli sektorning aylanishi, o’qiga shkaladagi ko’rsatgichlarni hisoblash uchun strelka 3 o’rnatilgan, tribkaga uzatiladi. Manometr shkalasi bir maromli, chunki prujinaning harakatlanuvchi bo’sh tomoni o’lchanayotgan bosimga poportsional. Strelka yurishining boshqarishi vint 11 bilan amalga oshiriladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin