Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə149/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Sapfir-22mt datchigi
Vazifasi
Datchik ortiqcha bosim qiymati, siyraklanish va suyuqliklar va gazlar bosimlari farqlarini unifikatsiyalashtirilgan tokli chiqish signaliga uzluksiz proportsional aylanishi (o’zgarishi) uchun mo’ljallangan.
Bosimlar farqi datchigi suyuqlik darajasi qiymatini, suyuqlik yoki gaz sarfini o’zgartirish uchun mo’ljallangan qurilmalarda ishlatilishi mumkin.
Portlashdan himoyalangan datchik portlash xavfi bo’lgan hududlarda o’rnatish va tashqi o’rnatishlar uchun mo’ljallangan. PUE va boshqa elektr jixozlarni portlash xavfi bo’lgan sharoitlarda me’yoriy xujjatlarga.
Iqlim ta’sirlariga turg’unligi bo’yicha datchik quyidagi ijrolarga ega:
U2* − minus 30 dan 50°Sli haroratda ishlash uchun;
U2** − minus 50 dan 80 °Sli haroratda ishlash uchun;
UXL3.1* va T3* − 5 dan 50 °Sli haroratda ishlash uchun;
UXL3.1** va T3** − minus 10 dan 80 °Sli haroratda ishlash uchun;

Datchikning tuzilishi va ishlashi
Datchik o’lchash bloki va elektron blokdan tashkil topgan bo’ladi.
Datchikning ishlashi yarimo’tkazgichlardagi tenzoeffektning ishlatilishiga asoslangan. O’lchash bloki membranasi tomonidan qabul qilinayotgan o’lchanayotgan bosim tenzoo’zgartirgichning sezgir elementiga uzatilayotgan kuchga aylantiriladi. Egiluvchan element kuch ta’sirida tenzoo’zgartirgichda joylashgan tenzorezistorlarning qarshiligini o’zgartirib deformatsiyalanadi.
Qarshilikning bu o’zgarishini elektron bloki tokning chiqish signaliga aylantiradi va temperaturadagi nosozliklarning o’rnini to’ldiradi.
2450, 2460 modelli datchikning sxemasi 3.5 rasmda ko’rsatilgan.
4 ostida membranali tenzoo’zgartirgich 8 korpusning ichiga joylashtirilgan va o’lchanayotgan muhitdan 7 gofrirovka qilingan metall membrana bilan ajratib quyilgan. 6 va 10 ichki katlamlar kremniy organik suyuqligi bilan to’ldirilgan. 9 flanetslar 3 prookladkalar bilan zichlashtirilgan
O’lchanayotgan bosimning har-xilligining ta’siri (yuqoriligi 5 musbat kameraga, pastligi – 11 manfiy kameraga) 7 membrananing yegilishiga olib keladi va tenzoo’zgartirgichning membranasiga suyuqlik orqali ta’sir o’tkazib, tenzorezistorlar qarshiligining o’zgarishiga sabab bo’ladi.
O’lchash bloki bir taraflama oshiqcha ishchi bosim peregruzkasini ko’taradi. Tenzoo’zgartirgichdagi elektr signali o’lchash blokidan 2 germovvod simlari orqali 1 elektron uskunaga uzatiladi.
Datchikning boshqa modellari 3.6 rasmda ko’rsatilgan. 4 membrano-rыchag turdagi tenzoo’zgartirgich 9 asos ichiga kremniy organik suyuqligi bilan to’ldirilgan 11 tutashgan bo’shlik joylashtirilgan, va 8 o’lchanayotgan muhit gofrirovka qilingan metall membrana bilan ajratilgan.
8 membranalar tashqi kontur orqali 9 asosga payvanlangan va bir biriga 5 tortish kuchi yordamida 4 tenzoo’zgartirgich rыchagining uchi bilan boglangan 6 markaziy shtoki bilan birlashtirilgan.
10 flanetslar 3 prokladkalar bilan zichlashtirilgan. O’lchanayotgan ta’sirning parametri (yuqori bosim 7 musbat kameraga tisariladi, pasti – 12 manfiy kameraga) 8 membrananing bukilishini, 4 tenzoo’zgartirgich membranasining bukilishi va tenzorezistor qarshiligining o’zgarishini chaqiradi.
2110-2140, 2310-2340 modelli datchiklar shunisi bilan farq qiladiki, undagi o’lchanayotgan bosim 7 musbat kameraga, 12 musbat kameraga esa atmosferadan uzatiladi.
2210-2240 modelli datchiklar shunisi bilan farq kiladi, undagi o’lchanayotgan bosim 12 manfiy kameraga uzatiladi, 7 musbat kameraga esa atmosferadan uzatiladi.
Tenzoo’zgartirgichdan elektr signali 2 germovvod simlari orqali o’lchagich blokdan 1 elektron uskunaga uzatiladi.
Datchiklarning o’lchagich bloklari bosimining har xilligi (2410-2460) bir taraflama ortiqcha ishchi bosim peregruzkasiga talofat yetkazmay bardosh beradi
Bunday peregruzkada 7 membranalardan biri (3.5 rasm) yoki 8 (3.6 rasm) profillangan yuza asosiga 8 (3.5 rasm) yotadi yoki 9 (3.6 rasm) mos ravishda ta’minlanadi.
Elektron blok datchikning korpusiga joylashtirilgan ikkita 1 va 2 platalarga o’rnatilagan (3.7 rasm) 7 kolodka «kirish-chiqish» kabeliga ulanishni ta’minlaydi. 2 platada 10 peremыchka(ulagich) bilan 9 diapozonlar almashlab ulagich pereklyuchateli joylashtirilgan. 4 ustki kismda tokning chiqish signalining 5 («nolь» korrektori) boshlangich kiymatini sozlovchi potentsiometrlar va diapazonni o’lchovchi 6 («diapazon» korrektori) joylashtirilgan.
Elektron blokning blok-sxemasi 3.7 rasmda ko’rsatilgan.
Tenzoo’zgartirgich 2 dan signal 3 kuchaytirgich asbobga tushadi, boshqa kuchaytirgich asbobga signal 5 chiqish signalining boshlang’ich qiymati chiziqli bo’lmagan temperatura korrektoridan tushadi.
Temperaturaning qiymati haqidagi axborot manba sifatida tenzoo’zgartirgichni ta’minlash diagonalidagi kuchlanishdan foydalaniladi.
Kuchaytirgich asbobdan signal 6 chiziqli bo’lmagan statistik korrektorga va undan 7 almashlab ulagich chegarasidan uzatiladi. Funktsional sxemaning tasviriy tuzilishi «nolь» va «diapazon» boshqarishning erkinligini ta’minlaydi. (PP- pereklyuchatelь predelov).
Almashlab ulagich chegarasidan signal temperatura nisbiy xatoligi 8 diapazonli korrektorga va 4«kuchlanish - tok» chiqish o’zgartirgichning bitta chiqish joyiga parallel uzatiladi.
«Kuchlanish-tok» o’zgartirgichning ikkinchi chiqish joyiga temperatura nochiziqligi (egrichiziqligi) 9 diapazonli tuzatish signali beriladi. Temperaturaning qiymati haqida informatsion manba sifatida tenzorezistorlar tayyorlashga ketgan materiallardan, erkin kremniyli rezistordan foydalaniladi.
V kachestve informatsionnogo istochnika o znachenii temperaturы ispolьzuetsya nezavisimыy kremnievыy rezistor ,izgotovlennыy iz togo je materiala, chto i tenzorezistorы.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin