Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə152/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Kontaktli usul barcha vositalarda qo’llaniladi va odatda sig’imli, gidrostatikli, sayozlik belgisini o’lchovchi va qalqovuchli, po’kakli asboblarda sath o’lchagichlarda amalga oshiriladi. Bu asboblarni rezervuarga har qanday shaklda, hajmda, har qanady yaqinlikda o’rnatish mumkin, ular past narxda turishi, mexanik mustahkamligi, oddiy montajlanishi va o’lchovda ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Kontaktsiz usul darajani o’lchanuvchi muhit bilan vositasiz kontaktsiz o’lchash imkonini beradi va bu tovush (ulьtratovushli) azmoyishlashdan (tekshirishdan), elektomagnit nurlanishli azmoyishlashdan ( radarli, refleksli) va radiatsiya nurlanishi azmoyishlashidan iboratdir. Bunday o’lchagichlarni agressiv, qovushqoq, krisstallanadigan, ko’piradigan, ya’ni pribor elementlari ifloslanishi va zanglashi xavfi ko’p bo’lgan muhitlarda qo’llash tavsiya etiladi. Bunday o’lchagichning eng taniqlisi radar o’lchagichdir, uning aniqligi va foydalanishdagi o’ziga xosligi eng maqbuldir. Ishchi zonani azmoyishlash (tekshirish) va nazorat ob’ektigacha masofani aniqlash uchun MVCH- diapazoni elektromagnit nurlanishi qo’llaniladi.Radarli o’lchagichlarga suyuqlik qandayligi muhim emas –masalan: zichlik, o’tkazuvchanlik, shaffoflik.
O’lchovchi asboblar rivojlanishi bilan bu har bir usul har bir aniq holatda afzallik va kamchilikka ega bo’lgan o’ziga xos texnik amalga oshirish to’plamiga ega bo’ldi. Keyingi paytda sath o’lchagichlar bazasida (bosim va temperatura o’lchagichli komplektda) bilvosita mahsulot hajmi va massasini o’lchash huquqini beruvchi tizimlar keng qo’llaniladi. SHuningdek, rezervuarlarning oxirigacha to’lish darajasini nazorat qiluvchi o’lchagichlar va ko’p vazifali sath o’lchagichlarga talab katta. Aniq va ishonchli asboblarni qo’llash ishlab chiqarish chiqimini kamaytiradi, korxonada ish jarayonlarini boshqarish sifatini ta’minlaydi.
Sath o’lchagichlarni tanlashda nazorat qilinuvchi muhitning fizik va ximik xossalarini hisobga olish zarur: temperatura, abrazivlik - charxlanuvchi, silliqlanuvchi xossalar,qovushqoqlik, elektr o’tkazuvchanlik, ximiyaviy qarshiliklar va hokazolar. Bundan tashqari rezervuardagi yoki uning atrofidagi ish sharoitini: bosim, vakuum, qizish, sovush, to’ldirish yoki bo’shatish (pnevmatik va mexanik) usullari, aralashtirgich mavjudligi, yong’in xavfi, portlash xavfi, ko’pik hosil bo’lishi va boshqalarni e’tiborga olish lozim. SHuningdek asboblar ishonchliligi, sifati va narxini ham hisobga olish lozim.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin