Avtomatlashtirish va boshqarish


Elektr sath o’lchagichlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə157/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Elektr sath o’lchagichlari
Elektr sath o’lchagichlarining ishlash printsipi suyuqliklar va gazlarning turli elektr xossalariga asoslangan. Bunda sathi o’lchanayotgan suyuqliklar o’tkazgichlar ham, dielektriklar ham bo’lishi mumkin; suyuqliksiz bo’shliqdagi gazlar esa doim dielektriklardir. O’tkazgichlarni elektr xossalarini belgilaydigan asosiy parametr – bu ularning elektr o’tkazishi, dielektriklarni esa – moddadagi elektr zaryadlari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi vakuumdagiga nisbatan necha barobar kamayishini ko’rsatuvchi nisbiy dielektrik o’tkazuvchanligidir. Sathni o’zgarishiga birlamchi o’zgartirgichning qaysi parametri (qarshilik, idish yoki induktivlik) ta’sir qilishiga qarab, elektr sath o’lchagichlari quyidagi turlarga bo’linadi: sig’imli (hajmli), konduktorometrik va vibratsion.
Sig’imli (hajmli) sath o’lchagichlari
Sig’imli sath o’lchagich joriy sath o’lchanishini va suv, sut, pivo, ishqor, kislota, neft va neft mahsulotlari, don va un tortish mahsulotlari, shakar, ohak, shuningdek boshqa suyuq va sochiluvchan muhitlar,shu qatorda ortiqcha bosim ta’siridagi idishlarda o’zgarib turadigan sathlar signalizatsiyasini ta’minlaydi.
Bunday sath o’lchagichlar ishi suyuqliklar va havo dielektrik o’tkazuvchanligiga asoslangan. Idishli asbobning oddiy birlamchi o’zgartirgichi vertikal metall trubkada joylashgan elektrod (metall sterjen yoki sim) ko’rinishida bo’ladi (4.14, 4.15-rasmlar). Sterjen truba bilan birgalikda kondensatorni tashkil qiladi. Bunday kondensator sig’imi suyuqlik sathiga bog’liq, chunki u noldan maksimumgacha o’zgargan holda dielektrik o’tkazuvchanlik havoning dielektrik o’tkazuvchanligidan suyuqlik dielektrik o’tkazuvchanligigacha o’zgarib turadi.
Sig’imli usul yaxshi aniqlikka ega 1,5 %, qalqovichli (po’kakli)ga hos chegirmalari mavjud – muhit yopishmasligi va sezgir elementda (SE) cho’kindi (qatlamlar) hosil qilmasligi kerak.
Sig’imli datchiklar keng tarqalgan va ishchi muhitni mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladi: suyuq va sochiluvchan (poroshoklar, tsement, granulalangan mahsulotlar), elektr o’tkazuvchan va elektr o’tkazmaydigan. Sig’imli usul uchun xos bo’lgan printsipial chegirma – bu muhitning bir xilligi, muhit bir turda bo’lishi kerak, ayniqsa SE joylashgan hududda. Sig’imli datchiklarni ishchi muhit xarakteristikalari (tavsifi) bo’yicha qo’llash shartlari: harorat –40…+200º S, bosim – do 2,5 MPa, o’lchash diapazoni– 3 m gacha (30 m – egiluvchan va trosli SE uchun).

4.14-rasm. Liquicap sig’imli sath datchiklari

4.15-rasm. Sig’imli sath o’lchagichni o’rnatish
Ba’zi sig’imli datchiklar metallmas rezervuar devori orqali o’qishni ta’minlaydi, bu rezervuarga kirmay turib yoki mahsulot bilan kontakt qilmasdan sath holatini aniqlash imkonini beradi. Datchikni rezervuarning yassi devoriga o’rnatish mumkin yoki nometall truba atrofiga o’rasa bo’ladi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin