Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə158/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Ishlash printsipi
Sig’imli sath o’lchagichning SEsiqoplamasi (qobig’i) muhitga botib turadigan kondensator ko’rinishida bo’ladi. U orasi muhit bilan to’ldirilgan ikkita kontsentrik (yakka markazlik) truba ko’rinishida bo’lishi mumkin, yoki sterjen ko’rinishida, bunda ikkinchi qoplama sifatida sig’imning (idishning) metall devori bo’ladi. O’tkazuvchan suyuqlikda SE izolyator bilan qoplanadi, odatda ftorplast bilan.
Sig’imli sath o’lchagichlari ishlash printsipi nazorat muhiti (tuzlar, kislotalar, ishqorlarning suvli eritmasi) dielektrik o’tkazuvchanligi va havo yoki suv bug’i dielektrik o’tkazuvchanligiga asoslangan. Zond (burg’i) havoda bo’lganida (1), SA past boshlang’ich sig’imi o’lchanadi (4.16-rasm). Suyuqlikning sathini o’zgarishi SEning sig’imini 4-20 mA doimiy tokning chiquvchi elektr signaliga o’zgaradigan SE qiymatigacha o’zgarishiga olib keladi (2,3).

4.16-rasm. Sig’imli sath o’lchagichining ishlash printsipi.


R – suyuqlik o’tkazuvchanligi; C – suyuqlikning elektr sig’imi; SA – dastlabki sig’im; SE – oxirgi sig’im (zond to’liq cho’ktirilgan); ΔS – sig’imning o’zgarishi
Sig’imli datchiklar tuzilishi bo’yicha konkret holatlar uchun turli bo’lishi mumkin, sterjenli, trubkali turda, egiluvchan, trosli va shunga o’xshash bo’lishi mumkin. Datchik turini tanlashda birinchi navbatda nazoratdagi muhit tarkibi, va uning dielektrik xossalari hisobga olinishi zarur. O’tkazuvchan muhitda ishlaydigan datchiklar uchun izolyatsiya qilingan elektrodli konstruktsiya tanlash zarur.


Konduktometrik sath o’lchagichlari
Konduktometriksath datchiklari elektr tokini o’tkazuvchi suyuqlikning bitta yoki bir nechta sathlarini nazorat qilish uchun qo’llaniladi.Konduktorometrik sath o’lchagichlarning ishlashi o’lchanayotgan muhitga joylashtirilgan elektrodlar orasidagi qarshilikni o’lchashga asoslangan.
Konduktorometrik sath o’lchagichlari (qarshilik sath o’lchagichlari) o’tkazuvchi suyuqliklar sathini o’lchash uchun ishlatiladi (0,2 sm/m): ishqorlar va kislotalar eritmasi, erigan metallar, suv, tuzlarning suvli eritmalari, sut va solishtirma o’tkazuvchanligi 1 mkS/sm dan yuqori bo’lgan sochiluvchan materiallar.
Konduktorometrik sath datchiklari bir sterjenli bo’lishi mumkin (bir elektrodli), suyuqlikning bir necha sathlarini nazorat qilish uchun ko’p sterjenli ham bo’lishi mumkin (ko’p elektrodli) (4.17-rasm). Ko’p sterjenli konduktorometrik sath o’lchagichlarining 1 dan 5 gacha turli uzunlikdagi elektrodlari bo’lishi mumkin.

4.17-rasm. 5 sterjenli HR-6*5konduktometrik sath datchiklari


Sig’imdagi bosim va ishchi jarayon harorati shartlari bo’yicha konduktorometrik datchiklari qo’llanilishi 350°S va 6,3 MPa atrofida bo’lib (standart ijrolar uchun 200 °S va 2,5 Mpa), elektrod izolyatorining materiali bilan aniqlanadi. Ushbu turdagi datchiklarni qo’llashga ishchi muhitning kuchli bug’lanishi, kuchli ko’piklanish, izolyatorda o’tkazuvchan qatlamlar yoki sezgir elementda izolyatsion qatlamlar hosil bo’lishi kabi ishchi muhit xossalari chegirmalar qo’yishi mumkin.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin