Avtomatlashtirish va boshqarish


Varonkali uyurma jarayoning uyurmali sarf o`lchagichi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə171/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Varonkali uyurma jarayoning uyurmali sarf o`lchagichi.
Bu sarf o`lchagichlarning oqimni aylantiruvchi keyin esa qisqa silindrik taglikka yoki quvurning kengaygan qismi kesimiga uzatuvchi qulayliklar bor. Quvurda aylanuvchi oqim varonkali ko`rinishda o`tadi , uning o`qida esa uyurma yadrosi atrofida aylanadi, o`zi esa quvurning o`qi atrifida aylanadi.
Bunda uyurmali oqimning tashqi qismdagi bosim uyurma yadrosining burchak tezligi bilan sinxron pulslashtiradi, oqimning chiqish tezligi yoki hajmioysarfiga proportsional bo`ladi. Bosimning pulsatsiya chastotasini yoki o`lchanmayotgan signal tezligini aniqlash uchun pieroelementlar yoki yarimo`tkazgichli termometrlar qo`llanadi. O`zgartkich ikki bosqichdan tashkil topgan – 1 – da hajmi oqim sarfini varonkali uyurma jarayoni chastotasida aylantiradi. 2- da esa bu chastotani o`lchanayotgan signalga aylantirib beradi. Bunday sarf o`lchagichlarning ikkala prinsepial sxemasi birinchi bosqich o`zgartirgichlaridan oqimni burash usuli bilan farq qiladi.

2-rasmda uyurmali o`zgartkichlarning 1-bosqich sxemasi (a- vintli uyurmali qurulma, b – kameraga tangensialar kiruvchi)


2-rasmda, suyuqli yoki gaz quvur 1 orqali tangensialar silindrik kamera 4 ga kiradi va aylanadi. Spiral 3 orqali truba yoki kameraning katta diametri burchakga keladi. U yerda oqim jarayonlanadi va tezlik pulsatsiyasi va bosim orqali kuzatiladi. 3- a rasmda jism oqimi spiral holatida joylashgan yelkalarga spiral holatda buraladi. Qolganlarida sxema bir xil.
Odatda sarf o`lchagichlarda vintli uyurma qurulmasi foydalanaladi, chunki 4 o`zidan oldin quvurni to`g`ri maydonini talab qilmaydi. Lekin vintli uyurmada bosim yo`qotishi yuqori.
Ostsillirlaydigan oqimda uyurmali sarf o`lchagichlar
Ostsillirlaydigan oqim o`zgartirgichlari 2 xil bo`lishi mumkin.(4-5-rasm)

3-rasm.Relaksion ostsillirlovchi oqimda uyurmali sarf o`lchagichli o`zgartirgich.(1-soplo;2-diffuzor;3-o`raglan quvr).


3-rasmda ko`rsatilgandek,suyuqlik yoki gaz oqimi soplo orqali o`tadi va to`g`ri burchakli kesimning diffuzoriga kelib tushadi.Tasodifiy sabablarga ko`ra oqim har bir momentda diffuzorning u yoki bu devoriga ko`proq siqiladi(masalan yuqorisiga).Shunga muvofiq oqimning tez o`zgaruvchi ta`sir tinchlantiruvchi turdagi o`zgartirgichda aylanib o`tuvchi quvirchaning yuqori qismidagi bosim pastkisiga qaraganda kam bo`ladi va quvirchada harakat yuzaga keladi.U diffuzorning pastki devoriga( rasmda strelka bilan ko`rsatilgan) deb olib tashlaydi.
Teskari aloqaga ega o`zgartirgichlarda diffuzorning pastki devoriga qisilgan oqimning hammasi ham chiqish teshigidan chiqib ketmaydi.Uning bir qismi yuqori aylanib o`tuvchi kanalga tarmoqlanadi va soplo 1 dan chiqa turib soplo 2 dan chiqayotgan oqimni pastki holatga o`tkazadi.Shundan so`ng oqimning yuqori aylanib o`tuvchi kanalga tarmoqlanishi sodir bo`ladi, oqim pastga tashlanib oqimning burchak tomonidagi sinxron tebranishi bilan kuzatiladigan tebranish jarayoni sodir bo`ladi. So`nggi teskari aloqali o`zgartirgich yaxshi hisoblanadi. U ostselliyatsiya jarayonining qat`iy bo`lishini ta`minlaydi va sarf va chastota tebranishi o`rtasida chiziqli bog`lanishga ega bo`ladi.

4-rasm. Uyurmali sarf o`lchagich o`zgartirgichlarining teskari gidravlik aloqaning ebranuvchi oqimi(1-diffuzor; 2- chiqish tezligi; 3- soplo 1; 4- soplo 2; 5- yuqori aylanish kanali; 6- pastki aylanish kanali)


O`qi atrofida oquvchi sarf o`lchagichlari odatda 12 dan 100 mm gacha bo`lgan kichik diametrli quvurlarda qo`llaniladi. Ba`zida o`qi atrofida oquvchi o`zgartirgichlar portsial o`zgartirgichlar o`rnida ham qo`llanilishi mumkin.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin