Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə83/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Shudring nuqtasi usuli yoki gazlarning namligini kondensatsion usul bo‘yicha o‘lchash quyidagi bog‘lanishga asoslangan:
. (35.4)
bu yerda, Rτshudring nuqtasining τ - haroratida bug‘ning elastikligi, Pa; Pτto‘yingan bug‘ning t haroratdagi elastikligi, Pa
Shunday qilib, shudring nuqtasini va tekshirilayotgan gazning haroratini bilsak, nisbiy namlikni aniqlash mumkin. Shudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega, chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga imkon beradi (10...15 mPa va undan ortiq). Bu usul bo‘yicha namlikni o‘lchash haroratni o‘lchashdan iborat. Shu usul bo‘yicha o‘lchash asbobining tuzilishi 35.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha sirtiga kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan. Ko‘zguchada shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha ulangan fotoelement 8 yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib, millivoltmetr ulanadi hamda ko‘zgucha haroratini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda havo isitgich 5 ning elektr qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib, ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom bug‘langanda isitgich uziladi va ko‘zgucha isiydi. Shunday qilib, o‘lchash jarayoni takrorlanib turadi.
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish haroratini o‘lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e'tiborni talab qiladi. Shuning uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi.
Gigrometrik nam o‘lchagichlarda sezgir element o‘lchanayotgan gaz bilan gigrometrik muvozanatda turishi kerak. Texnik o‘lchashlar amaliyotida gigrometrik o‘zgartkichlarning quyidagi turlari tarqalgan: elektrolitik, qizdirishli elektrolitik va sorbsion. Elektrolitik gigrometrlarda o‘lchash o‘zgartkichida elektrolitli namga sezgir element bo‘ladi. Gazning namligi o‘zgarganda bu elementdagi nam miqdori o‘zgaradi, natijada elektrolitning konsentratsiyasi hamda tegishlicha uning qarshiligi yoki elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Elektrolit sifatida, ko‘pincha, litiy xlorid ishlatiladi. Elektrolitik gigrometrlarning o‘lchash sxemalari ko‘prikli o‘lchash sxemalarining turli variantlaridan iborat bo‘ladi. Elektrolitik gigrometrlarning kamchiligiga ularning darajalanish tavsiflarining noturg‘unligini, shuningdek, ularning ko‘rsatishiga haroratning va eritma konsentratsiyasining ta'sirini kiritish mumkin.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin