Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə81/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Gazlar tarkibini tahlil qilishning qanday usullarini bilasiz?


  2. Gazlar tarkibini tahlil qilishning mass-spektrometrik usuli haqida gapirib bering.


  3. Gazlar tarkibini tahlil qilishning xromatografik usuli haqida nimalarni bilib oldingiz?




Ma'ruza №35.
Moddalarning namligini o‘lchash. Gazlarning namligini o‘lchash usullari va asboblari.


Reja:
  1. Umumiy ma'lumot;


  2. Gazlar namligini o‘lchash;


3. Gazlarning namligini o‘lchovchi asbobla haqida nimalarni bilasz?


FSMU texnologiyasi

Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat, metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.



Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m3 gaz aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m3 yoki kg/m3.
Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m3 aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning shu haroratdagi 1,0 m3 aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba'zan u foizlarda ifodalanadi.
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik — nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati nam saqlami deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
, (35.1)
bu yerda, M — nam massasi; Momutlaq quruq materialning massasi; M1nam materialning massasi.
Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati quyidagicha ifodalanadi:
. (35.2)
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan foydalaniladi
.
Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik (sorbsion), kondensatsion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan.
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan foydalaniladi.
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va bilvosita usullar qo‘llaniladi.
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining ichida eng ko‘p tarqalgandir.
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin