Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə88/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

SILJISHNI O‘LCHASH
Chiziqli va burchakli siljishlarni o‘lchovchi asboblar turli xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi.
Potensiometrik siljish o‘lchagichlar oraliq X yoki burchak a bo‘yicha siljishni o‘lchaydi va elektr signalga aylantiradi. Kirish signali oraliq X ga yoki a burchakka siljish bo‘lsa, oraliq X yoki a dagi , kuchlanish potensiometrik chiquvchi signal Uch bo‘ladi (7.1-rasm, a, b)

Potensiometr U kuchlanishli manbaga ulanganda, qarshilik R opqali tok I o‘tadi. Agar surilgich S qarshilik R bo‘yicha X oraliqqa surilsa, undan chiquvchi signal quyidagicha aniqlanadi:


, (37.1)
bu yerda,
.
Potensiometrning cho’lg‘ami bir tekis o‘ralgan va uni birlik oraliqlaridagi qarshiligi o‘zgarmas bo‘lsa, quyidagi tenglama o‘rinli bo‘ladi:
, (37.2)
chiqish signali
, (37.3)
bu yerda, uzatish koeffitsienti, Rx —surilgich surilgan oralikdagi qarshilik, R — potensiometrning to‘la qarshiligi.
Ifoda (37.3) potensiometrik sezgichlardan chikuvchi Uch kuchlanish bilan kiruvchi signal (surilish oralig‘i) X orasida to‘g‘ri mutanosiblik borligini ko‘rsatadi.
Potensiometr chulg‘amining solishtirma qarshiligi katta va issiqlik koeffitsienti juda kichik bo‘lgan simlar (konstanta, manganin, nixrom va boshqalar) dan tayyorlanadi.
A vtomatik tizimlarda bunday bir taktli surilish sezgichlari o‘rnida ko‘pincha ikki taktli potensiometrik sezgichlar ham qo‘llanildi. Bu sezgichlarning surilgichidan olinadigan signal Uch ning mikdoridan tashqari ishorasi ham o‘zgaradi. Undagi signal o‘tkazuvchi simlarning bir uchi potensiometr qarshiligining o‘rta nuqtasi da ulanadi, ikkinchi uchi esa surilgichga ulangan bo‘ladi. Agar surilgich karshilikning o‘rta nuqtasi da tursa, potensiometrdan signal chiqmaydi (Uch=0). Surilgich 0 nuqtadan yuqorida bo‘lganda, chiquvchi signal musbat(+ Uch), pastda bo‘lsa, manfiy (—Uch) bo‘ladi (37.2-rasm).
Potensiometrik sezgichlar ko‘pincha mashina va mexanizmlarning ma'lum kichik oraliqqa surilishini yoki burchakka burilishini o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Potensiometrik sezgichlarning afzalligi ularning tuzilishining soddaligi, massasi va hajm o‘lchamlarining kichikligi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok manbalariga ulanishi mumkinligi, yuqori stabillikka egaligi va sozlash ishlarining soddaligidadir. Undagi surilma kontaktning mavjudligi uning ishonchli ishlashi va ish muddati kamayishiga sabab bo‘ladi. Sezuvchanligining yuqori emasligi va pog‘onali tavsifga egaligi bunday sezgichlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Potensiometr chulg‘amining reaktiv qarshiligi hisobga olinmaydi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin