Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə90/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI


«Nazoratning texnologik asboblari»
fanidan tajriba mashg’ulotlari uchun

USLUBIY KO’RSATMA
( 5311000 «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» ta’lim yo’nalishi bakalavrlari uchun)

Navoiy 2018

«Nazoratning texnologik asboblari» fanidan tajiriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma. Kadirov Yo.B., Sattorov O.U., Boyeva O.X. Navoiy: NDKI, 2018 y. 72 bet.


Uslubiy ko’rsatmada harorat, bosim, sath, sarf, kabi ishlab chiqarishning muhim parametrlarini texnik o’lchashda qo’llaniladigan asosiy o’lchash usullari va zamonaviy o’lchash vositalari ko’rib chiqilgan. O’lchash printsiplari bo’yicha ma’lumotlar bayon qilingan bo’lib, asboblar va o’zgartirgichlarning printsipial sxemalari, tenglamalari va munosabatlari, texnik o’lchash asboblarining qo’llanilish sohalari berilgan hamda xatoliklar va ularni bartaraf etish usullari ko’rsatilgan.

Ushbu uslubiy ko’rsatma 5311000 «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» yo’nalish bo’yicha tahsil oluvchi oliy o’quv yurti bakalavriat talabalariga va texnik o’lchash masalalarini o’rganuvchi boshqa mutaxassisliklar uchun mo’ljallangan.
Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik institutining o’quv uslubiy kengash qarori bo’yicha chop ettirildi


Taqrizchilar:


Eshmurodov Z.O. “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi dotsenti






G’aniev I.F. NKMK “Nazorat o’lchov asboblari va avtomatlashtirish” markaziy laboratoriyasi boshlig’i




Kirish
Tajriba mashg’uloti «Nazoratning texnologik asboblari» fanini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Tajriba mashg’ulotida uzatish funksiyalari va ularning o’lchov asboblarining tavsifi va asboblarning va o’zgartirgichlarning tuzilishini o’rganish, barcha turdagi o’lchov asboblarining ish printsipi haqida aniqroq tushuncha beradi. Tajriba mashg’uloti davomida talabalar analog signallarni o’zgartirishga ko’nikma hosil bo’ladi. Bundan tashqari tajriba mashg’uloti davomida talabalar avtomatlashtirish sxemalarida o’lchov asboblarining belgilanishi o’rganiladi.
Tajriba ishini tayyorlash jarayonida talaba tajribaviy tadqiqot ishining asosiy maqsadini aniqlab olishi zarur.


Tajriba ishini bajarish tartibi:
1. Talaba tajriba ishi bo’yicha nazariy bilimlarni to’liq egallagan va uslubiy ko’rsatmadan foydalangan holda tajriba ishini bajaradi.
2. Sxemalarni sozlash va ularni to’g’ri funktsiyalashtirilganligini kuzatish bloki yordamida tekshirish, talaba o’qituvchiga taklif kiritadi.
3. Ish oxirida hisobot tayyorlanadi va uni o’qituvchiga himoya qilinadi
4. Tajriba ishini quyidagilar tashkil qilinishi kerak: titul varog’i; ishdan maqsad va tadqiqod maqsadi; avtomatik boshqarish tizimlari sxemalarini tadqiq qilish; kerakli hisoblar va signallarning vaqt bo’yicha diagrammasi; kutilayotgan nazariy natijani olish va xulosa qilish.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin