Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə92/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

TV,°S

FB


























































































































toB, s




2.2- jadval. DT-suv o’lchash.


TJ,°S




tyK, S

TJ,°S

¥j

































































































toac> S





Nazorat savollari:
  1. Haroratni o’lchashning qanaqa usullarini bilasiz?


  2. Qanday haroratni kontaktli o’lchash vositalarini bilasiz va ularni qo’llanilish sohasi?


  3. Qanday haroratni kontaktsiz o’lchash vositalarini bilasiz va ularni qo’llanilish sohasi?


  4. Shisha suyuqlik termometrlari ishchi suyuqliklari sanab bering?


  5. Mexanik termometrning ish printsipi?


2-TAJRIBA ISHI.

Manometrik termometrlarining ish printsipini o’rganish.




Ish maqsadi:
Harorat o'lchash asboblar va ularning aniqlik sinfini o’rganish, har xil turdagi asboblarning ko’rsatkichlarini taqqoslash.


Nazariy qism.
Manometrik termometrlar texnik asbob bo’lib, termotizimning ish moddasi jixatidan gazli, suyuqli va kondensatsion (bug’-suyuqllkli) termometrlarga bo’linadi. Bu asboblar suyuq va gazsimon muhitlarning —150 dan + 1000°S gacha bo’lgan haroratini o’lchash uchun qo’llaniladi. Manometrik termometrlar ko’rsatuvchi va o’ziyozar qilib ishlanadi. Uziyozar termometrlar doiraviy yoki lentasimon diagramma qog’ozi bilan ta’minlanadi. Diagramma qog’ozini sinxron dvigatelь, ba’zi turlarida esa soat mexanizmi siljitadi.
M anometrik termometrlar kimyo sanoatida keng qo’llaniladi, Ular portlash xavfi bor joylarda ishlatilishi mumkin. Bu holda diagramma qog’ozi soat mexanizmi bilan yuritiladi. Manometrik termometrlarning sxemasi 2.1-rasmda ko’rsatilgan. Asbob termoballon 1, kapillyar naycha 2 va manometrik qism 3—9 dan iborat. Manometrik prujina 3 ning bir uchi tutqich 4 ga kavsharlangan. U kanal orkali prujinaning ichki bo’shlig’ini termoballon bilan ulaydi. Prujinaning ikkinchi bo’sh uchi germetiklangan va tortqich 5 yordamida sektor 6 bilan bog’langan. Bu sektor o’z navbatida tribka 7 bilan tishli ilashish vositasida ulangan. Tribka 7 ning o’qiga strelka 8 o’rnatilgan. Uzatish mexanizmdagi oraliqni to’ldirish uchun spiralь tola 9 o’rnatilgan, uning ichki o’ramining uchi tribka o’qiga ulangan.
Asbobning termoballon, kapillyar va manometrik prujinasi ish moddasi, asosan, gaz (gazli termometrlarda) va suyuqlik
(suyuqlikli termometrlarda) bilan boshlang’ich bosimda to’ldiriladi.
Termoballon isishi bilan ish moddasining germetiklangan termotizimdagi bosimi oshadi, buning natijasida prujina yoyila boshlaydi va uning bo’sh uchi siljiydi. Prujina bo’sh uchining siljishi uzatish mexanizmi orqali (tortqich, sektor va tribka) ko’rsatkichning holati bo’yicha hisobga olinadi. Termoballon, odatda, zanglamas po’latdan ishlanadi, kapillyar esa jezdan yoki po’latdan ishlanib, uning tashqi diametri 2,5 mm, ichki diametri esa 0,35 mm ga teng bo’ladi. Asbob vazifasiga ko’ra kapillyar naychaning uzunligi turlicha (0,6 m dan 60 m gacha) bo’ladi. Manometrik termometrlarda bir chulg’amli, ko’p chulg’amli (chulg’amlar soni 6 dan 9 gacha) va spiralli manometrik prujinalar ishlatiladi.
Bimetal termometrning struktur sxemasi 2.2 rasmda ko’rsatilgan.
Bimetall termometr himoya qobiq 1, maxkamlash flansidan 2, ko’rsatkich (strelka) 3, zoldirli shkala 4, korpus 5, tros 6 va 7 bimetal spiraldan iborat. Harorat oshganda bimetal termometrnong spirali buraladi yoki yoyiladi, spiralning quyi qismi 1 qobiqqa kavsharlangan, shuning uchun, spiralning yuqori uchi harorat o'zgarishi mutanosib tarzda ma’lum burchakka buriladi. Tros 6 orqali burilish burchagi strelka 3ga joriy haroratini ko'rsatish uchun uzatiladi.

Rasm 2.2. Bimetal termometr.


Eksperimental qism
Eksperimental tadqiqotlar subqlikni isitish idishiga o’rnatilgan bimetall va manometrik termometrlarni taqqoslaslashdan iborat.
Laboratoriya ishini bajarish ketma-ketligi:
  1. O’lchov-rostlagichi qo’zg’almas o’zgartirgichga ulanganligini tekshiring. Idishni ishchi suyuqlik (suv) bilan to’ldiring. Bimetall termometr va temperatura datchigining stabil ko’rsatkichlari o’rnatilishini kuting. Ko’rsatkichlarni 1.1 jadvalga kiriting.


  2. Isitgichni ulang. Idishdagi suyuqlikni 3-5 °S ga qiziting. Haroratni DT harorat termometri bo’yicha nazorat qilinadi.


  3. Bimetall termometr va DT ning stabillashgan ko’rsatkichlari o’rnatilishini kutiladi. Ko’rsatkichlarni 1.1 jadvalga kiriting.


  4. Harorat 60°S ga yetguncha 2,3 bandlar qaytariladi.


  5. Kranni ochib idishdagi suvni to’king.


  6. Har bir harorat uchun bimetall termometr va DT uchun nisbiy va absolyut o’lchov xatoliklari, o’rtacha harorat ko’rsatkichlarini hisoblash. Natijani 1.1 jadvalga kiriting.


  7. Hisoblangan xatoliklarni asbobning aniqlik sinfi bilan taqqoslash. (asbobning instruktsiyasiga qarang).


  8. Asbobning optimal o’lchash diapazoni haqida xulosa qiling.


Jadval 2.1





Tp, °S

Tn, °s

Tt, °s



1








2








3








4








5








6








7








8








9








10









Nazorat savollari:
  1. Kengayish termometrlarining sinflanishi.


  2. Kengayish termometrlarining o’lchash diapazoni.


  3. Kengayish termometrlarining qo’llaninilish sohalari.


  4. Pnevmatik kengayish termometrlarining afzalliklari.


3-TAJRIBA ISHI

Qarshilik termometrlarining ish prinsipini o’rganish



Ishdan maqsad:
Ushbu laboratoriya ishini bajarishdan maqsad, qarshilik termometrlari yordamida temperaturani o’lchashni va sanoatda qo’llaniladigan kontaktli va kontaktsiz haroratni o’lchov asboblarini o’rganishdir.


Nazariy qism
Qarshilik termometrlarining ishlash printsipi, metall o’tkazgichlarning elektr qarshiligini temperatura o’zgarishi bilan o’zgarishiga asoslangan. Metallarda temperatura ortishi bilan ularning elektr qarshiliklari ortadi. Qarshilik termometrlarining afzalligi quyidagilardir: o’lchashdagi yuqori aniqlilik; temperaturani kichik diapazonda o’lchash mumkinligi; axborotni masofaga uzatishni va avtomatik ravishda yozib borishning mumkinligi.
Qarshilik termometri materialiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) Fizik va kimyoviy xususiyatlarning temperatura o’zgarishi bilan o’zgarmasligi (xususan, termometr qarshiligini temperaturadan bog’lig’ligini o’zgarmasligi);
2) O’lchov asbobi sezgirligini oshirish uchun, qarshilik termometri materiali elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti yuqori bo’lishi kerak;
3) Termometrni kichik razmerda tayyorlash maqsadida, o’tkazgich katta solishtirma qarshilikga ega bo’lishi kerak;
4)Tayyorlanadigan termometrlarni o’zaro almashinuvchanligini ta’minlash maqsadida metallni toza xolda olish mumkin bo’lishi kerak.
Toza xolda olish mumkin bo’lgan metallardan qarshilik termometrlari tayyorlashga yaroqligi platina (pt) va mis (Cu) hisoblanadi.
Eng yaxshi material bo’lib platina hisoblanadi, chunki u oksidlanish muxitida kimyoviy inert bo’lib, uni toza xolda olish mumkin. Platinining elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti -3,94.10-3 grad-1 va solishtirma qarshiligi - 0,099 om mm2/m.
Platinali qarshilik termometri yordamida temperaturani -2000S+6500S chegarada o’lchash mumkin. Platinani Rt qarshiligi temperaturani 00S+6500S chegarasida quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi
Rt = R0 (1+At+Bt2)
A va B - o’zgarmas koeffitsientlar, ularning qiymati graduirovkalashda aniqlanadi;
R0 - 00S dagi qarshilik.
Mis qarshilik termometrlari ham ba’zi afzalliklarga ega: arzonligi, toza xolda olishning onsonligi, hamda yuqori elektr qarshiligi temperatura koeffitsientiga egaligi (4,26 10-3grad-1).
Kamchiligi – solishtirma qarshiligining kichikligi 0,017 om mm2/m va yuqori temperaturada oson oksidlanishi.
Shuning uchun mis qarshilik termometrlarining ishlatilish diapazoni cheklangandir (-500S + 1800S).
–50+1800S intervalda mis qarshiligini temperaturadan t bog’liqligi quyidagi tenglama orqali ifodaladi
Rt = R0(1+ t)
- elektr qarshiligi temperatura koeffitsienti (grad-1).
Platinali va misli standart qarshilik termometrlari (TSP i TSM) ishlab chiqariladi. 00S dagi bu termometrlar qarshiligi (R0) xar xil qiymatlarga ega va shu sababli xar xil graduirovkali qarshilik termometrlari ishlab chiqariladi.
Qarshilik termometrlari bilan ishlaydigan ikkilamchi o’lchov asboblari sifatida muvozanatlangan avtomatik o’lchash ko’priklari, muvozanatlanmagan o’lchash ko’priklari va logometrlar qo’llaniladi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin