Optik pirometrlarning ishlash printsipi harorati o’lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslagan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho’g’lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho’g’lanish tolasi yo’qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning printsipial sxemasi 3.6- rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv orqali yig’iladi va pirometrik lampa ning toza yuzasiga proektsiyalanadi. Okulyar yordamida ob’ektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai Ye ning o’zgarmas tokidan cho’g’lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo’li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. SHu payt ob’ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko’rsatilganidek, yo’qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so’ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o’lchaydigan asbob bilan pirometr ko’rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning haroratni o’lchash oralig’i 800°S dan 10000°S gacha. Yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi.
Rasm 3.6. Optik pirometr
Tajriba ishi qurilmasi. Tajriba ishini bajarish davomida ikkita isitish yuzasiga ega bo’lgan «150°S» harorat kalibratoridan va infraqizil nurlanish pirometri Testo 830-T1 foydalaniladi.
Tajriba ishini bajarish ketma-ketligi.
Stendni ulang va kalibrator «150°S »ni ishga tushiring:
Noutbuk yoqing.
«Kalibrator» dasturini ishga tushiring va kalibrator «150°S» uchun bo’lgan qiymatni o’rnating (100 ga teng).
Kalibrator chiqini belgilangan rejimga o’tishini kuting , pirometrning nurlanish koeffitsientini 1 ga tenglashtiring va 30 sm masofa uzoqlikda 1 va 2 yuza radiatsion haroratlarini o’lchang, natijani 4.1-jadvalga kiriting
Jadval 3.1.
Kalibrator harorati
K1al=1 da Tr
K
K„„=K1 da Tr
Kizl=K2 da T„
Yuza 1
Yuza 2
O’lchash vaqtida rostlagichning ko’rsatkichi bo’yicha 1 va 2 yuzada nurlanish koeffitsientini aniqlang
Pirometrga 1-yuza uchun hisoblangan nurlanish koffitsientini o’rnating va 1 va 2 yuza haroratini o’lchang, natijani 3.1-jadvalga kiriting.
Pirometrga 2-yuza uchun hisoblangan nurlanish koffitsientini o’rnating va 1 va 2 yuza haroratini o’lchang, natijani 3.1-jadvalga kiriting. Nurlanish koeffitsientining hisoblangan qiymatidan foydalanib haroratni o’lchash xatoligini baholang. Olingan natijani tushuntiring;
Pirometrga 1 yoki 2 yuza uchun nurlanish koeffitsientini o’rnating va bu haroratni 100, 200, 300, 400, 500, 700, 1000, 1500 mm uzoqlikdagi masofadan o’lchab ko’ring. Ma’lumotlarni 3.2-jadvalga kiriting. Kalibratorning ko’rsatkichi bo’yicha natijalarni taqqoslang, kichik masofadagi o’lchash xatoigini baholang. Masofa 1000mm dan oshganda xatolikning oshish sababini tushuntiring.