5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va
boshqarish
Лист
Изм. Лист
№ докум
Подпись Дата
Agar o‘lchash jarayonida erkin uchlar harorati biror yangi
t”
0
qiymatni qabul qilsa,
unda termometr hosil qiladigan termoEYUK
E(t,t
0
) ga va erkin uchlar haroratiga
kiritiladigan tuzatish
E(t'
0
, 0) ga, darajalash shartiga mos termo EYUK esa
E
(
t
0,
t'
0)
+E
(
t'
0,0)
=E
(tt,0)
ga teng bo‘ladi.
Termoelektr termometrning erkin uchlari haroratiga kiritiladigan tuzatma qiymati
termometrning darajalash xarakteristikasiga bog‘liq bo‘ladi, u esa termoelektr
termometr tayyorlanadigan o‘tkazgich materiallar bilan belgilanadi.
Tuzatmani kiritish usulidan qat’iy nazar (hisobiy yoki avtomatik) tuzatma kiritish
uslubi o‘zgarmay qoladi: qaysi usul bilan tuzatma (hisobiy yoki avtomatik)
kiritilganidan qat’i nazar, sxemada
E(t,0) qiymat olinadi, bu qiymat keyin termojuft
termo EYUK iga qo‘shiladi. Yig‘indi termo EYUK
E(t, 0) darajalash qiymatiga mos
keladi.
Haroratni o‘lchashga oid alohida masalalarni yechish uchun termoelektr
termometrlarni o‘lchash asbobi bilan o‘lchashning turli usullari qo‘llaniladi.
Termoelektr termometrining o‘zgartish koeffitsientini orttirish uchun bir nechta
termojuftlarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foydalaniladi. Bunda
termojuftlar hosil qiladigan termo EYUK qo‘shiladi, ya’ni
n ta termojuftdan tuzilgan
termobatareyalar termo EYUK alohida olingan termojuft termo EYUK idan katta
bo‘ladi.
Ikki nuqta orasidagi harorat farqini o‘lchash uchun differensial termoelektr
termometr qo‘llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan.
Agar haroratlar farqi o‘lchanayotgan nuqtalarning harorati bilan o‘zaro teng bo‘lsa,
unda o‘sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYUK lar ham teng bo‘ladi.
Bunday holda termometrlardagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi
ulanganda bir termojuftning TEYUKi boshqa termojuftning TEYUKi bilan
kompensatsiya qilinadi va o‘lchash asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar
t
1
va
t
2
haroratlar
turlicha bo‘lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo‘lishiga qarab, haroratlar farqiga
mutanosib bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchash asbobi ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: