Pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarning turli ko`rinishlariga quyidagilar
ta‘aluqli:
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havo bosimini o`zgarishsiz uzatish uchun
mo`ljallangan pnevmosiquvchi;
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havosi energiyasini bosimning boshqa qiymati
bilan uzatishga mo`ljallangan pnevmogidroo`zgartirgichlar;
Gidrotizimni davomiy ishlashi uchun ishchi suyuqlikni oshirishga mo`ljallangan
pnevmogidronasoslar;
Pnevmogidroakkumilyatorlar;
Pnevmatik tizimda bosimni yoki bosimlar farqining berilgan
sathiga etganda elektr
signal berishga mo`ljallangan bosim relesi;
Bosim indikatorlari.
Havoning siqilishi o`zgaruvchan yuklama sharoitida ishlovchi mexanizmlarni
loyihalashda hisobga olinishi zarur bo`lgan mavjud omil bo`lib hisoblanadi, masalan, parmalash
va frezerlashga uzatish qurilmalarida. Odatda havoning siqilishi gidravlik
tezlik rostlagichlarni
uzatish pnevmoyuritmaga ulash yo` li bilan kompensatsiyalanadi(o`rni to`ldiriladi). Bu quyidagi
rasmda keltirlgan.
Dostları ilə paylaş: