TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Avtomobillar va uning qismlari loyihalashda foydalanish mumkin bo‘lgan kompyuter
dasturlarini vazifalarni bajarish imkoniyatlari bo‘yicha quyidagicha sinflash mumkin:
- oson vazifalarni bajarish uchun dasturlar AutoCAD, TurboCAD, Compass;
- o‘rta darajadagi vazifalarni bajarish uchun dasturlar SolidWorks, SolidEdge, Inventor,
KOMPAS-3D, T-Flex, APM WinMachine, 3DS MAX, Blender;
- murakkab vazifalarni bajarish uchun dasturlar Ansys, Abaqus, ProEngineer, CATIA.
Murakkab vazifalarni bajarish uchun dasturiy mahsulotlar yordamida hisob-kitoblarni
bajarish va simulyatsiyalar jarayonlarini ham modellashtirish imkoniyati mavjud.
Avtomobil dizayni - avtomobilning tashqi ko‘rinishi va estetikasini nomoyon etuvchi,
asosiy unsurlardan biridir. Avtomobil dizaynini yaratishda loyihalash muhandislari tomonidan
bir qator dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi.
Ko‘p funksiyali to‘plamiga ega
Adobe Illustrator
, sanoat namunalarida ishlash,
avtomobil loyihalarida foydalanish uchun
Alias,
avtomobil kuzovini yaratish uchun
3DS MAX
,
3D grafikalar bilan ishlash uchun juda kuchli va ko‘p funksiyali
Blender
dasturlari shular
jumlasidandir.
TADQIQOT NATIJALARI
Blender
- bu ochiq manbali 3D dasturiy mahsulot bo‘lib, avtomobil dizaynini loyihalash
uchun keng ko‘lamli funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur funktsiyalari soni bo‘yicha
nisbatan qimmat bo‘lgan 3DS MAX va Cinema 4D-dan kam emas. Unda teksturalash, raster
grafik tahrirlash, suyuqlik va tutun simulyatsiyasi, zarrachalarni simulyatsiya qilish, soft bodyni
simulyatsiya qilish, animatsiya, match harakati, motion grafikasi, videoni tahrirlash kabi bir
qator amallarni bajarish imkoniyati mavjud[3].
Dasturning ushbu imkoniyatlarini hisobga olgan holda Gazel NN avtomobil dizaynini
loyihalash ishlari bajarildi.
Yangi avtomobil kuzovini ishlab chiqish jarayoni unga komponovka eskizini
tayyorlashdan boshlanadi. Bu vazifa odatda 1:10 yoki 1:5 o‘lchamdagi masshtabda bajariladi.
Unda 5 va 95 persentilli manekenlarning joylashuvidan foydalanib, avtomobilning asosiy
dastlabki o‘lchamlari aniqlanadi (tom chizig‘ining balandligi, nisbati, umumiy o‘lchamlar, asosiy
o‘lchamlar, asosiy hajmlarning o‘zaro joylashishi, ularning dastlabki nisbatlari), shuningdek
o‘rindiqlar, eshiklar, derazalar, magistral, dvigatel va transmissiya bloklarining taxminiy
joylashuvi, yo‘lovchilar uchun optimal o‘tirish burchaklari va tananing asosiy o‘lchamlari va
shakllanish chiziqlari keltiriladi (1-rasm).
1-rasm
.
Avtomobil eskizi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
67
Eskiz sxemasidan foydalanib, kerakli avtomobil proektsiyalarining chizmalari quriladi va
3D modellashtirish dasturiga import qilinadi (2-rasm). Shift+A tugmasi bosiladi Add Image
bo'limidan References tugmasi bosiladi.
2-rasm.
Avtomobilning eskizlaridan foydalanib quti(sahna) hosil qilish.
Avtomobil proektsiyalarining chizmalari qurilib, 3D modellashtirish dasturiga import
qilingandan so‘ng, eskizga yuza qo‘shish vazifasi bajarib olinadi.
3-rasm.
Yuza qo‘shish jarayoni.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
68
Shift+A tugmalarini bosib yuza qo‘shib olinadi. Avtomobilni loyihalash jarayonida bir
nechta yuzalar detallarning soniga qarab qo‘shib borilaveradi. Ushbu tekisliklarni MIRROR
funksiyasi bilan akslab olinishi zarur.
4-rasm.
Tekislikni akslantirish jarayoni.
Navbatdagi vazifa tekislikarda poligon(yuza) hosil qilish bo‘lib, uni CTRL+R tugmasi
bosish orqali bajaramiz. Ushbu tugmalar bosilgandan so’ng G+Z tugmalari bosilib tekislik z o‘qi
bo‘ylab tepaga ko‘tariladi.
5-rasm.
Vertics(nuqtalar) koordinatalarini X,Y,Z o‘qlari bo‘ylab o’zgartirish
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
69
Tekislik X,Y,Z orqali kuzatilib, Vertics(nuqtalar) koordinatalarini X,Y,Z o’qlari bo’ylab
o’zgartiriladi.
6-rasm.
EXTRUDE E tugmasi bosilib avtomobil kuzovining tashqi ko‘rinishini hosil qilish
Avtomobil kuzovini hosil qilgach uning yuzalarini atrof bilan ta'sirini kuzatish, ya’ni
bo‘yash bajariladi.Buning uchun Materials bo'limidan Add tugmasi bosilib o'zimizga ma'qul
rang tanlanadi.
7-rasm.
Tayyorlangan avtomobil kuzovi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
70
Dostları ilə paylaş: |