Agar ildizlari chuqur ketgan daraxt nasillari bo`lsa, ularni oldin kesib yiqitiladi va to`ngak, ildizlar kavlab olinadi. Tomiri bilan yiqitish amallari buldozer va kovlagich yordamida bajariladi. Daraxtlarni kesish zanjir moslamali benzin bilan ishlaydigan yurgazgichli «Drujba» yoki «Ural» arralari bilan amalga oshiriladi.

Yerning unumdor qatlamini olib tashlash muxim ishlardan hisoblanadi. Chunki u qimmatli tabiat inomi hisoblanadi, shuning uchun u extiyotkorlik bilan qirqib olinib chiqindilarni aralashtirmagan xolda tegishli joyga to`planishi zarur. Bu ishni bajarishda SNiP talablariga to`la amal qilinishi zarur.
Yer ishlari chiziqli va umumlashgan turlarga bo`linadi. Birinchisida yonbosh (profil) ko`rinishi beriladi, ya’ni yerli asosga yonbosh qirqim shakli beriladi. Ikkinchisida esa tuproq bilan ko`tarish, baland joylarini qirkib tashlash ishlari bajariladi. Chiziqli shakl berishda greyder, avtogreyder, buldozerlar, umumlashgan shakl berishda ekskovator, skreper, greydor-elevator shuningdek avtogreyder va buldozerlar ishlatiladi. Tuproq ishlarini bajarishdan oldin ariqlar qazish yordamida yer asosi quritiladi, ustidagi bo`sh yuqori qatlam olib tashlanadi, drenajlar qurish va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi. Bu bilan yer asosini ortiqcha namlanishi, o`tirib qolishini oldi olinib mustaxkamligi ortiriladi.