3. Suv haydash qurilmasi va sizot suvi yo`li (drenaj), himoya qatlamlari.
Tog`li joylardagi va suv haydash yo`llari yerli asos qurilish ishlari boshlanguncha qaziladi. Yo`l asosi kavlab olingandan keyin darxol ayniqsa o`rmon sharoitidagi tuproqlarda maxsus mexanizm yordamida ariqchalar qilinadi va tuproq asos chetiga chiqarib yuboriladi. Kengaytirib qilingan asoslarda ariqcha tuprog`i uning qirg`og`iga chiqariladi va u tekislanib jipslashtiriladi. Ariqcha kavlanishidan oldin asos nishobligi olinib tekislanishi shart.
Tog`li joylardagi suv yo`llari ariqchalaridan chiqqan tuproqlar qirrali qilib, past tomoni ariqqa olinib ariq bo`ylab jipslashtiriladi. Tuproqni tog`li tomonidan jipslashtirish taqiqlanadi.
Tog`li joylardagi suv yo`llari ariqchalaridan chiqqan tuproqlar qirrali qilib, past tomoni ariqqa olinib ariq bo`ylab jipslashtiriladi. Tuproqni tog`li tomonidan jipslashtirish taqiqlanadi.
Sizot suv yo`llarini qurish (drenaj). Qirqim qirg`oqlarini kesib olgandan keyin uni turg`unligini saqlab qolish uchun sizot suvi yo`llari qilinadi. Ular yer ostidagi suvli qatlamlarni birlashtirib, zaxob suvlarni chetga olib chiqadi. Sizot suvi yo`llari quyidagicha joylashtiriladi:
Agar suvli qatlam yer yuzasiga yaqin joylashgan bo`lsa qirqim qirg`og`iga;
Agar suvli qatlam yer yuzasidan chuqirda joylashgan bo`lsa qirqim yon bag`irligicha.
Agar suvli qatlam yer yuzasidan chuqirda joylashgan bo`lsa qirqim yon bag`irligicha.
Sizib chiqayotgan suv hajmi 0,1 l/soatdan kam bo`lsa yer osti suv yo`llari qilinmasdan tuproqni yuvilishiga qarama-qarshi yo`nalishda jipslashtiriladi.
Yo`l cheti ariqchalari ostidan ham sizot suvi yo`llarini o`tkazish ko`zda tutiladi. Ular bevosita ariqchalar tagidan yoki ularga yaqin joylardan o`tkaziladi va u yo`l bo`laklari ostini yo`l bo`ylab quritish uchun hizmat qiladi.
Sizot suv yo`llari nishobligini ta’minlash, ularning quvirlarini o`tirib qolishini oldini olish maqsadida, ularning tagiga qum va yog`ochdan yostiqlar qilinadi. Yer osti suvlarini to`la yig`ishtirib olish maqsadida drenaj quvirlari suv tegadigan qatlamdan kamida 0,5 m chuqirga ko`miladi.

Sizot suvi quvurlari qirqilgan tosh maydalaridan 5 sm qalinlikda solingan va shibbalangan asosga o`rnatiladi. Quvirlar bir-biriga 5 mm.li tirqish bilan o`zaro kiydiriladi. Quvirlar joylashtirilgandan keyin ularning ustidan oldin qalinligi 40-70 mm, keyin qalinligi 5-10 mm bo`lgan qirqilgan tosh yoki shag`al 30-40 sm qalinlikda yotqiziladi. Keyin o`rta yoki katta o`lchamdagi qum bilan yer osti suvi yuzasigacha to`ldiriladi.