Avtomobilning dinamik pasporti Avtomobildan foydalanish davrida uning umumiy og’irligi avtomobilga ortilgan yuk vazniga qarab o’zgaradi. Bu esa uning dinamik faktor qiymatini o’zgartiradi, natijada avtomobilg’ vaznining har bir o’zgarishiga ayrim dinamik harakteristika grafigi chizish kerak bo’ladi. Buni esa amalda ishlatish noqulay bo’ladi.
N. A. Yakovlev dinamik harakteristika grafigining bu kamchiligini yo’qotish uchun uni massalar nomogrammasi bilan to’ldirishni taklif etdi. Dinamik harakteristikaning abstsissa o’qini chapga uzaytirib 25 %. 50 %, 75 %, 100 % nuqtalar belgilanadi. Vaznlar shkalasining boshlanish nuqtasidan Da ga parallel va avtomobilga yuk ortilmagan vaqtdagi uning dinamik faktori Do ordinatasi o’tkaziladi. Avtomobilg’ og’irligi Ga dan Go gacha o’zgarganda D0 ning qiymati va masshtabi quyidagicha topiladi:
Do=Da Ga/Go; mDo=mDa Ga/Go (38)
bu yerda Go—harakatlanishga tayyor avtomobilning vazni; Do— yuksiz harakatlanayotgan avtomobilning dinamik faktori;
mDo, mDa- to’la yuklangan va yuklanmagan avtomobilg’ dinamik faktorining
masshtabi;
mDa - ning masshtabi avvaldan mahlum bo’lgani uchun formulaga Ga,Go larning
qiymatlarini qo’yilsa, mDo aniqlanadi.
Da1, Da2… qiymatlariga mos Do1, Do2… qiymatlar aniqlanib mDo masshtabida ordinataga qo’yiladi. Bir xil qiymatga ega 0,05—0,05; 0,1 —0,1 ... qiymatli dinamik faktorlar to’g’ri chiziq bilan tutashtiriladi.
-rasmda chizilgan grafikning chap tomonidagi tutash chiziqlar massalar nomogrammasi, deyiladi. U avtomobilning umumiy vazni o’zgarganda dinamik faktorning qanday o’zgarishini, natijada qanday qarshiliklarni yenga olishini ko’rsatadn. Lekin bu shart avtomobilning harakatlanishi uchun yetarli emas, shuning uchun yetakchi g’ildirakning shataksirash shartlarini ko’rib chiqish zarur.
Dinamik faktor formulasidan foydalanib, g’ildirak bilan yo’l orasida tishlashish mavjudligi sababli avtomobilning tishlashish bo’yicha dinamik faktorini aniqlash mumkin:
Dφ2=φ G2/Ga — avtomobilning ketingi g’ildiraklari yetakchi:
Dφ1=φ G1/Ga ——oldingi g’ildiraklar yetakchi; Dφ=φ — hamma g’ildiraklar yetakchi.
Bu yerda Dφ1, Dφ2, Dφ — faqat oldingi g’ildiraklari. ketingi g’ildiraklari va hamma g’ildiraklari yetakchi to’la yuklangan avtomobilning tishlashish sharti bo’yicha dinamik faktori;
G1, G2 — avtomobilning oldingi va ketingi g’ildiraklariga to’g’ri kelgan og’irlik.
Avtomobilg’ g’ildiraklarining shataksiramaslik shartini aniqlash uchun Dφ bilan avtomobilning vazni o’rtasidagi bog’lanishni, yahni yetakchi g’ildirakning shataksirashini kontrol qilish grafigi chiziladi. Grafik avtomobilg’ har xil og’irlikda bo’lganda va tishlashish koeffitsienti o’zgarganda uning tishlashish bo’yicha dinamik faktori o’zgarishini ko’rsatadi va u quyidagicha ko’riladi.
Da ordinatasiga avtomobilg’ tuda og’irlikka ega bo’lgandagi tishlashish bo’yicha dinamik faktor Dφ, Doordinatasiga esa yuki bo’lmagan avtomobilning tishlashish bo’yicha dinamik faktori Do qiymatlari qo’yiladi. Do ning qiymati quyndagicha topiladi.
DφO2=φ Go2/Go; DφO1=φ Go1/Go; DφO2=φ (40)
Bu yerda — DφO1, DφO2, DφO fa kat oldingi g’ildiraklari ketingi g’illiraklari va hamma g’ildiraklari yetakchi, yuklanmagan avtomobilning tnshlashish sharti bo’yicha dinamik faktori;
Go1,Go2 — yuklanmagay avtomobilning oldingi va ketingi g’ildiraklariga to’g’ri kelgan og’irlik.
Masshtablar quyidagicha aniqlanadi:
mDa=mDφ; mDo= mDφo
Dφ;DφO qiymatlar tishlashish koeffitsienti φ ning 0.1; 0,2 ... 0,7 qiymatlari uchun xisoblanadi va masshtabda Da, DO ordinatalariga qo’yilib, punktir to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Qurilgan grafik avtomvbilning shataksirashini kontrol qilish grafigi deyiladi.
Dinamik harakteristika, massalar nomogrammasi va g’ildirakning shataksirashini kontrol qilish grafigi birgalikda danamik pasport deyiladi (15-rasm).
Dinamik pasportdan foydalanib ekspluatatsiyada uchraydigai masalalarni yechish mumkii. Masalai, N=25 % va ψ == 0,15 bo’lsa (V nuqta) va= 50 km/soat bo’ladi. Agar vd = 40 km/soat, N=50 % bo’lsa, ψ, φ qiymatlarni aniqlash kerak. Izlangan A nuqta ψ va φ larning qiymatlarini aniqlashda interpolyatsiya usulidan foydalanamiz. ψ ning qiymati 0,15 . . . 0,20 o’rtasida bo’lsa, ψ = 0,175. Tishlashish koeffitsienti φ = 0,22. Agar avtomobilg’ ψ=0,25, φ = 0,3 yo’ldan harakatlanayotgan bo’lsa, uning yuki N —.
34 % va tezligi va=25 km/soat bo’ladi.