Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning tortish dinamikasiga tahsiri. Avtomobilning nazariy yoki tajriba yo’li bilan aniqlangan dinamik ko’rsatkichlari uning ayrim sharoitdagi harakatlari uchun mosdir. Masalan, yo’l to’g’ri va tekis bo’lsa, uning umumiy qarshiligi ψ o’zgarmaydi, harakatni o’zgartiruvchi tusiklar uchramaydi. Avtomobilning xisoblangan dinamik ko’rsatkichlari uning eng yuqori imkonnyatlarini aniqlaydi. Avtomobilni xisoblash natijasida va tajriba yo’li bilan aniqlangan dinamik ko’rsatkichlari bir-biridan ancha fark qiladi. Bunga avtomobilning texnikaviy xolati va ishlash sharoitining o’zgarishi sabab bo’ladi.
Avtomobilning texnikaviy xolati deb, uning transport ishini bajarishiga tayyorligi, yahni mexanizm, agregat va priborlarning texnikaviy ekspluatatsiya koidalarida ko’rsatilgan normalarga muvofikligi tushuniladi. Avtomobilg’ uzok vaqt ishlatilganda detallarining yeyilishi, sozining o’zgarishi va x. k. lar uning texnikaviy xolatini yomonlashtiradi, natijada avtomobilning ekspluatatsiya xususiyati o’zgaradi. Porsheng’ gruppasi detallarining yeyilishi, klapanlarning uz o’rniga jips urnashmasligi, yonilgi yondirish paytining ioto’g’ri bo’lishi va x. k, lar dvigatelg’ quvvatining kamayib ketnshiga sabab bo’ladi. Masalan, yondirish payti kechiksa, dvigatelning quvvati ancha kamayadi. Agar yondirish payti juda ilgarilab ketsa, dvigatelda detonatsiya boshlanadi. Dvigatelg’ quvvatnning o’zgarishi avtomobilg’ tortish dinamikasini yomonlashtiradi. Ekspluatatsiya davrida avtomobilg’ shassisining texnikaviy xolati yomonlashadi, mexanizmlar sozi tez buziladi. Masalan, bosh uzatma podshipniklari kattik tortilgan bo’lsa yoki konussimon shesternyalarning tishlashishi noto’g’ri bo’lsa, transmissiyadagi ishqalanishni yengishga sarf bo’ladigan energiya katta bo’ladi, avtomobilning dinamikasi yomonlashadi. Tormozlarning yoki oldingi g’ildiraklarning yakinlashuvi noto’g’ri sozlansa, dinamik ko’rsatkichlar pasayadi.
Avtomobilg’ dinamikasi yomonlashganda uning puxta ishlash vaqti, maksimal tezligi va tezlanish kobiliyati pasayadi. Kapital remont qilingan avtomobilning maksimal tezligi 10—12% kamayadi: maksimal tezlikka erishish uchun tezlanishga sarf bo’ladigan vaqt yangi avtomobildagiga nisbatan 25—30% kup bo’ladi. Avtomobilg’ ekspluatatsion xususiyatining yomonlashishiga sifatsiz yonilgi va moyning ishlatilishi sabab bo’ladi. Sikish darajasi katta bo’lgan dvigatellarda kichik oktan sonli benzin ishlatilsa, detonatsiya sodir bo’ladi, bu esa dvigatelg’ quvvatini kamaytiradi.
Benzin uzok vaqt ishlatilmasdan saklansa, unda smolalar paydo bo’ladi va u kiritish trubasida kattik katlam xosil kilib utish yuzasini kamaytiradi. Natnjada yonuvchi aralashmaning tsilindrlarga bir tekis taqsimlanishi yomonlashadi, dvigatelg’ quvvati 15—20% kamayadi.
Dvigatelning quvvati avtomobilni ekspluatatsiya qilish sharoitiga karab o’zgaradi. Avtomobilg’ sovo’q sharoitda ekspluatatsiya qilinsa, yonuvchi aralashmani tayyorlash va uning yonish sharoiti o’zgaradi hamda issiklikni atmosferaga uzatish kupayadi. Agar avtomobilg’ issik iklimli sharoitda ekspluatatsiya qilinsa, dvigatelg’ kizib ketadi, tsilindrlarning xavo siyrakligidan yonilgi bilan tulishi yomonlashadi, yonilgi uzatish sistemasida, trubalarda bur pufakchalarn xosil bo’ladi. Ko’rsatilgan faktorlar dvigatelning effektiv quvvati kamaytmradi, natijada avtomobilning dinamikasi yomonlashadi. Avtomobilg’ konstro’qtsiyasidagi afzalliklar uning texnikaviy xolati yaxshi bo’lgandagina tortish dinamikasiga ijobiy tahsir etishi mumkin. SHuning uchun avtomobilning agregat va uzellarini uz vaqtida texnikaviy kurikdan o’tkazib turish lozim.