Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va x.k.) aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgaliqda hal qilish va x.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va x.k.).
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
Talaba tomonidan tayyorlangan mustaqil ish topshiriqlarini yozma ish shaklida amalga oshirilganda bajarishiga qarab maksimal 5 bahogacha baholanadi:
agar topshiriq mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa, javoblari to‘liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo‘lsa- 5 baho.
topshiriqning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to‘g‘ri bayon yetilgan bo‘lsa- 4 baho
topshiriqqa umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari va to‘liq yoritilmagan bo‘lsa 3 baho
topshiriqqa javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa – 2 baho beriladi.