Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari


Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim



Yüklə 43,76 Kb.
səhifə4/9
tarix18.02.2023
ölçüsü43,76 Kb.
#84870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish as (1)

Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:

  • maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va x.k.) aniq asoslanishi;

  • vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgaliqda hal qilish va x.k.);

  • hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va x.k.).

Talabalar mustaqil ishini baholash.
TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
Talaba tomonidan tayyorlangan mustaqil ish topshiriqlarini yozma ish shaklida amalga oshirilganda bajarishiga qarab maksimal 5 bahogacha baholanadi:

  • agar topshiriq mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa, javoblari to‘liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo‘lsa- 5 baho.

  • topshiriqning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to‘g‘ri bayon yetilgan bo‘lsa- 4 baho

  • topshiriqqa umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari va to‘liq yoritilmagan bo‘lsa 3 baho

  • topshiriqqa javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa – 2 baho beriladi.


Yüklə 43,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin