2.6. MUSTAQIL ISH HAJMI
Mustaqil ish hajmi 25-30 bet hajimda bo‘lib quyidagi qismlardan tarkib
topgan bo‘lishi kerak:
2.7. MUSTAQIL ISHNI JIHOZLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
Mustaqil ish talabalar hohishiga ko’ra yozma yoki elektron shaklda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish elektron shaklda (A4 o‘lchamida), hajmi 25-30 betdan iborat (shrift o‘lchami 14), uning chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Bajariladigan ishning rejasi;
titul varag‘i;
bajariladigan ishning kalendar rejasi;
annotatsiya;
mundarija;
mavzu bo’yicha bajariladigan vazifalar;
adabiyotlardan qisqacha taxlil tayyorlash (shu jumladan jurnal va Internet-resurslardan);
muammo holatining tahlili;
mavzu bo’yicha takliflar kiritish;
qilingan ish bo‘yicha olingan natija va xulosalar;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilova.
Annotatsiyada ishning hajmi, betlar soni va chizma hamda jadvallar soni haqida ma’lumot keltiriladi. Qisqa qilib ishning natijalari va texnik vositaning asosiy ko‘rsatkichlari hamda hisoblash usullari haqida yoziladi.
Annotatsiya hajmi – 0,5 bet bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |