Avtomobillarning yetakchi ko’oriklari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/5
tarix03.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151636
1   2   3   4   5
jjkjkjkkkkjjkjkju

shesternyasi teshigidan o‘tgan va shlitsali uchi differensial krestovinasiga ulangan. Qopqoq (18) va diafragma (19) orasidagi bo‘shliqqa ml gidrokuchaytirgichidan bosim ostida moy berilganida siqishdan diskning (20) zo‘riqish kuchi mufta disklariga (21 va 17) uzatiladi. Disklarning siqilishi oxirgi uzat ma chap yetakchi sheste rnyasini (25) va blokirovkalash vali (23) hamda krestovinaga (32) ega differensial chap shesternyasini (30) yaxlit bitta qilib biriktiradi, natijada differensial blokirovkalanadi.


Oxirgi uzatmalar — bir bosqichli, silindrik, to‘g‘ri tishli shesternyali, uzatmalar soni 5,038 ga teng.
Yetakchi shesternyalar (4 va 25) va1 bilan yaxlit qilib yasaladi. Val o‘z shlitsali uchlari bilan differensial shesternyasi va tormozning qo‘shish disklariga bog‘1angan. Chap yetakchi shesternya tashqi shlitsali dumchasi vositasida differensialning blokirovkalash muftasi disklari (17) bilan qo‘shi1gan. Yetakchi shesternyalar ikkita rolikli silindrli podshipniklarda (5) aylanadi, ularning tashqi oboymalari stakanlarga (3 va 26), ichki oboymalari valga o‘rnati1gan. Chap yetakchi shester- nya — ichi g‘ovak, unga differensialning avtomatik blokirov- kalash vali (23) joylashgan.
Yetaklanuvchi shesternyalar (10) yetakchi g‘i1dirak vallari
(12) shlitsasiga kiydirilgan. Vallar (12) (yuklanmagan tipi) orqa ko‘prik korpusi o‘yig‘i va val yengiga (11) joylashgan zoldirli podshipniklarda aylanadi. Yenglar qopqoqlari (15) va stopor halqalar (14) vallarni podshipniklar bilan birga o‘q bo‘y1ab siljishga yo‘1 qo‘ymay, tutib turadi. Qopqoqlarda
(15) vallarning o‘zi siqar salniklari (16) joylashgan. Valning (12) tashqi uchida burovchi momentni g‘i1di-
rak gupchagiga uzatish uchun shponkali paz bor.
Oxirgi uzatma yetakchi shesternyalari vallariga disk tipidagi quruq tormozlar o‘rnati1gan va kojuxlar bilan yopilgan.

5.9-rasm. Bo‘laklarga ajralmaydigan to‘sin: 1, 3-to‘sinning chap va o‘ng tomonlari; 2-to‘singa asosiy uzatmani biriktirish joyi; 4-chulok


Bundan tashqari, to‘singa osma prujinasi (yoki ressora)ni o‘rnatish uchun tayanchlar, tormoz mexanizmiga tayanch disklar, kronshteynlar (5.9-rasmda ко’rsatilmagan) mahkamlanadi. Bu turdagi to‘sinlar yengil avtomobil, kichik va o‘rta vazn ko‘taradigan yuk avtomobili, avtobuslarda ishlatiladi. Uning afzalligi - massasi va tannarxi kichik.



5.10-rasm. Bo‘laklarga ajraladigan to‘sin: 1-to‘sin bo‘laklarining chuloklari


To‘sinni kulrang cho‘yandan (yoki po‘latdan) quyib ham tayyorlanadi. Unda ham uzel, qismlarini mahkamlash uchun tayanchlar bor. Bu turdagi to‘sin katta vazndagi yukni ko‘taradigan yuk avtomobillarida qo‘llanilib, juda mustahkam va bikr hisoblanadi, lekin massasi va o‘lchamlari katta. Boshqariluvchi ko‘prik avtomobilning harakat yo‘nalishini o‘zgartiruvchi old g‘ildiraklarni burish hamda yetakchi ko‘prik kabi unga tushgan yuklamani ko‘tarib turish uchun zarur. Misol tariqasida ZIL-130 yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin (5.11-rasm).
Uning to‘sini 4 ko‘ndalang kesimi ikki tavrli, bolg‘alanib po‘latdan yasalgan. Shkvoren 16 to‘singa harakatsiz mahkamlangan. Buruvchi sapfa 9 esa shkvoren 16 ga bronza vtulkalarda 1 va 8 o‘rnatilgan. Burish richagi 18 sapfa 9 ga mahkamlangan. To‘sin 4 va burish sapfasi 9 orasida ikkita shayba 6 va 7 dan iborat tayanch podshipniklar mavjud. Burish sapfasi 9 ga tormoz mexanizmining tayanch diski mahkamlangan hamda ikkita rolikli podshipnikda gupchak o‘rnatilgan.
Ytaklovchi-boshqariluvchi ko‘priklar nomiga mos ravishda ortiqcha va o‘ta ortiqcha yuk avtomobillarida hamda old g‘ildiraklari yetakchi yengil
avtomobillarda bir vaqtda yetakchi hamda boshqariluvchi ko‘prik vazifasini
bajaradi. Misol tariqasida MAN ortiqcha o‘tag‘on yuk avtomobilini ko‘rsatish mumkin. Uning ko‘prigi yarim o‘qlarining g‘ilofiga sharsimon tayanch o‘rnatilib, tayanchlarga burish sapfalari ilashtirilgan.

5.11-rasm. ZIL-130 yuk avtomobilining boshqariluvchi ko‘prigi:
1, 8-bronza vtulkalar; 2-rostlagich tiqinlar; 3-ponasimon bolt; 4-ko‘prik to‘sini; 5- rulning ко‘ndalang tortqisi; 6, 7-tayanch podshipnik shaybalari; 9-burish sapfasi; 10-g‘ildirak gupchagi; 11-rostlovchi gayka; 12-kontrgayka; 13-qulf shayba; 14- moy tutgich; 15-tormoz barabani; 16-shkvoren; 17-rulning bo‘ylama tortqisi; 18- buruvchi richag

Sharsimon tayanch qismlari orasida burchak tezligi teng sharnirlar bo‘lgani uchun yetakchi g‘ildiraklar burilish va burovchi moment qabul qilish imkoniyatiga ega. Ushlab turuvchi ko‘priklar umumiy yukning bir qismini rama orqali g‘ildiraklarga uzatish vazifasini bajaradi. Bu turdagi ko‘priklar, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobil, tirkama, yarim tirkamalarda ishlatiladi. Ushlab turuvchi ko‘prikning tuzilishi oddiy to‘sin bo‘lib, ikki tomonida o‘rnatilgan g‘ildiraklardan iborat. Bu ko‘priklar yuk vazni eng katta bo‘lganda asqotadi. Misol qilib, SamKochAvto 120.14 avtomobilining ko‘tarib turuvchi ко‘prigini aytish mumkin.


Tiko, Neksiya avtomobillari dvigateli oldinda va old g‘ildiraklari yetakchi komponovkali bo‘lgani uchun old ko‘prik yo‘q, orqa g‘ildiraklari yetaklanuvchi ekanligi trubadan yasalgan o‘q mavjudligini taqozo etadi.
Damas avtomobili klassik komponovkali avtomobildir. Uning old g‘ildiraklari yetaklanuvchi-boshqariluvchi ekanligi uchun uning old ko‘prigi mavjud emas. Orqa ko‘prik bir butun shtamplab tayyorlangan bo‘lib, unga asosiy uzatma, differensial, yarim o‘qlar, tormoz mexanizmlari mahkamlangan. Uning konstruksiyasi zamonaviy yuk avtomobillarinig orqa ko‘prigidan farq etmaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin