Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral

ko’rinishi cheklangan joylar — joylardagi past-balandliklar, burilishlar, o’simliklar, daraxtlar, qurilishlar, inshootlar yoki boshqa obyektlar, shu jumladan, transport vositalari tufayli harakatlanish yo’nalishida yo’l ko’rinishining cheklanishi;
yondosh hudud — bevosita yo’lga tutashgan va transport vositalari o’tib ketishi uchun mo’ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to’xtab turish joylari, yonilg’i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o’xshashlar).
Yondosh hududdan chiqayotgan transport vositalari barcha yo’l harakati qatnashchilariga yo’l berishi shart;
qatnov qismlari kesishmasi — yo’llarning qatnov qismlari o’zaro kesishib o’tadigan va tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud;
qatnov qismi — yo’lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo’ljallangan qismi;
sutkaning qorong’i vaqti — kechki g’ira-shiraning oxiridan tonggi g’ira-shiraning boshlanishigacha bo’lgan oraliqdagi vaqt;
harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo’lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo’lgan, yo’l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo’l qatnov qismining har qanday bo’ylama tasmasi;
haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yo’lovchilari bilan birgalikdagi vazni;
yo’l berish (to’sqinlik qilmaslik) — yo’l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo’lgan boshqa yo’l harakati qatnashchisining harakat yo’nalishi yoki tezligini o’zgartirishga majbur etishi mumkin bo’lgan hollarda, harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab;
yo’l harakati qatnashchisi — yo’l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo’lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;
imtiyoz — mo’ljallangan yo’nalishda boshqa yo’l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi;
to’xtab turish joyi — transport vositalarini tashkiliy to’xtab turishi (joylashtirilishi) uchun mo’ljallangan, tegishli yo’l belgisi bilan belgilangan, qatnov qismining bir bo’lagi yoki qatnov qismiga, trotuarga, yo’l yoqasiga, ko’prikka, estakadaga va ko’cha-yo’l tarmog’ining boshqa obyektlariga tutashgan, maxsus jihozlangan joy;

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin