o’zib ketish — transport vositasining bir yo’nalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi;
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo’l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning og’ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
yo’l yoqasi — yo’lning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yo’l chizig’i yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, to’xtash va to’xtab turish uchun mo’ljallangan bo’lagi;
yo’l harakatini tashkil etish — yo’llarda harakatni boshqarish bo’yicha huquqiy, tashkiliy-texnika tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq yo’lda bir yo’nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida ko’k yoki qizil yoxud ko’k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish bo’lagida, yaqinni yorituvchi faralar chiroqlarini yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi;
bolalar guruhini tashkiliy tashish — yo’nalishli transport vositalariga daxli bo’lmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi;
to’xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo’lgan muddatga to’xtatish (harakatsiz holatga keltirish);
to’xtab turish — transport vositasiga yo’lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog’liq bo’lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko’proq vaqtga atayin to’xtatish;
yo’lovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o’tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs;
chorraha — yo’llarning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi;