Moliyaviy ishlar bo’yicha direktor intervyusidan Konsultant fikriga ko’ra moliyaviy ishlar bo’yicha direktor tashkilotga kerakli va foydali o’zgartirishlar tadbiq etishni taklif qiladi. Lekin, u shunday hisoblaydiki, u qo’llayotgan tadbiq qilish usullari juda to’g’ri.
Shu bilan birga moliyaviy direktor:
Tashkilotdagi qarama-qarshilik to’g’risida biladi. Shuni taxmin qiladiki, ko’pgina ilg’or va chiziqli oddiy rahbarlar yangiliklarga qarshi turishadi. Chunki, ular tartib va nazoratni xohlashmaydi, Ularning o’zlari bila turib ishlarini yaxshi, talab darajasida bajarmaydilar.
Bu kabi qarama-qarshilik holatini odatiy deb hisoblaydi.
Bunday vaziyatda u bilan birga eng kuchli xodimlar qoladi, kuchsizlar ketadi.
Kompaniya boshliqlarining barchasi past darajadagi malakaga ega va ularni almashtirish kerak deb hisoblaydi.
Boshqaruvda o’z yondashuvlarini o’zgartirmasligini aytdi.
Qo’shimcha hokimiyat va mansab orqali motivatsiya qilinadi.
Yo’nalmagan komandaga u diqqatini qaratmaydi.
O’z ustida ishlash va o’rganishga moyil emas.
Osiyo madaniyati qattiqqo’l vakili hisoblanadi.
Moliyaviy ishlar bo’yicha direktor tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv uslubi va madaniyati bilan kompaniyada qabul qilingan boshqaruv uslubi bilan mos kelmaydi, unga hamma qarama-qarshi va shu sababli qarshiliklarga uchraydi.
Moliyaviy ishlar bo’yicha direktorning menejment uslublarini saqlab qolishi quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ijobiy oqibatlari: Kompaniyaning moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat kuchayadi;
Boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish uchun yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi.
Qaror qabul qilish jarayoni yaxshilanadi va ehtimol foyda ham bundan ko’payishi mumkin.