Axborot haqida tushuncha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə31/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Axborot haqida tushuncha

Savol va topshiriqlar
1. Yachеykadagi ma'lumotlar qanday yo’qotiladi?
2. Yachеykadagi ma'lumotlarni taxrirlash qaysi usullar bilan amalga oshiriladi?
3. Ma'lumotlarni nusxalash usullari qanday?
4. Uskunalar panеli yordamida nusxalash qanday amalga oshiriladi?
5. Sudrab o’tish orqali nusxalash qanday amalga oshiriladi?
6. Avtomatik to’ldirish nima? U qanday amalga oshiriladi?

13-Mavzu: PowerPoint dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.


Reja:
1. Slayd va prezentatsiya tushunchalari.
2. PowerPoint dasturini ishga tushirish.
3.Taqdimotlar turini tanlash.
Tayanch so’z iboralar: Slayd, prezentatsiya, Master avtosoderjaniya, Shablon prezentatsi.
Microsoft PowerPoint — universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, anima­tsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd — ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqat varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgap namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda na­moyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish — slayd­lar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq, madaniyati va h.k.larga bog’liq, ekanligini ham unutmaslik lozim.
PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bi­lan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ki’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifa- tida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan mul’timedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu — slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin