Axborot haqida tushuncha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə34/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Axborot haqida tushuncha

Nazorat savollari

  1. Ma’lumotlar ombori nima?

  2. Ma’lumotlar omborida qanday ma’lumotlar saqlanadi?

  3. Ma’lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud?

  4. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deganda nimani tushunasiz?

  5. Ma’lumotlarning qanday turlarini bilasiz.


15-Mavzu: Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari.(MOBT).
Reja.
1.Ma’lumotlar omborini boshqarish.
2.Ma’lumotlarning ifodalanishi.
3.Ma’lumotlarning modeli.
Tayanch iboralar: Ma‘lumotlarning turlari: belgili, sonli va mantiqiy, iyerarxik tizim, ma’lumotlarning iyerarxik tizim, ma’lumotlarning tarmoqli modeli va tizimi, ma’lumotlarning relyatsion ombori va modeli, ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi
Ma’lumotlar omborini boshqarish tnzimlari
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi, ixchamligi, turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ)ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan kompyuterlarda amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi kengayganligi (40—60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar omborini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil — qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi — yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki u haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar avia passajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo‘lgan biror ma’lumot (hodisa yoki xolat taxlili) berilgan darslikda yo‘q deylik. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta’lim muassasasining kutubxonasida bor bo‘lsin deylik. Kitobni izlab kutubxonaga borasiz (bu erda kitob ma’lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz borgan paytdanoq kutubxona mahmuriyati kitobni (agar u kitob kutubxonada mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa, mahmuriyatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui — ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi yaratiladi.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi.
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
• Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qatg‘i nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish.

  • Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati.

  • Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz (sankciyasiz) foydalanishning cheklanganligi.

  • Ma’lumotlar omboridan tarmoqqa foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.

Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta’minlaydi:
muammoli — yunaltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;

  • oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning engilligi;

  • murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;

  • shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftparlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi.

Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), «Elektron jadvallar» va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
Muayyan yo‘nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko‘riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.



Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin