Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl)lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalarni o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl)ni shajaraning yuqori satxlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970 yilda GVM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo‘lib, xozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi.
Ma’lumotlarning jadval ko‘rinishida sakdanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Yahni ixtiyoriy tuzilishga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin.
Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi.
Ma’lumotnoma bir necha turdagi ob’yektlardan tashkil topgan. Obyekt uchun quyidagi ma’lumotlarni tanlab olamiz:
Telefon raqami.
Barcha ma’lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma’lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni beramiz:
4-jadval
№
Ustun nomi
Ma’lumotning nomlanishi
Turi
Uzunligi
1.
Nomer
Telefon raqami
Belgili
9
2.
Abonent nomi
Abonentni belgilash
Belgili
15
3.
Manzili
Abonent manzili
Belgili
40
4.
Kategoriyasi
Abonent kategoriyasi
Belgili
2
«Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfli kodlardan foydalanamiz; UK — umumiy kategoriya, ShT — shaharlararo aloqa tahqiklangan kategoriya va hokazo.
U holda ma’lumotnomani quyidagi jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
5-jadval
Nomer
Abonent ismi
Manzili
Kategoriya
144-92-61
Qosimov Tohir
T. Malik, 18
UK
65-32-14
Akbarov Jahongir
G‘. G‘ulom, 34-101
ShT
118-30-97
G‘afurova Zebiniso
Ibn Sino, 9—6
UK
22-13-26
Azizova Farida
Uvaysiy, 16
Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Te1efon) ko‘rinishida kompyuter diskiga o‘tkazilsa, telefon ma’lumotnomasi — telefonlar ma’lumot omboriga ega bo‘lamiz (omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish mumkin bo‘ladi).
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik modeliga mos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga mi’lumotlar omborini boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi.
Quyidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin:
3-jadval
Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan maxsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi satxda joylashgan maxsulot turini izlashda kerak bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi satxdagi jadvalda esa xar bir maxsulotning narxi xakidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.
Tarmokli tizim. Tarmokdi tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha kulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o’rtasida ko’p yo’nalishli aloqalarni o’rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl)ni shajaraning yuqori satxlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do’kondagi maxsulotlar jadvali bilan maxsulotlar narxi jadvallari orasida aloxida bog’liqlik o’rnatilib, u kerakli maxsulot narxini topish imkonini beradi.
Bir pogonadagi ma’lumotning boshqa pogonadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lmotlarning tirmonli modeli deyiladi. Ma’lumotlarning tarmokli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmonli tizimi deyiladi.
Relyasion tizim. Relyasion tizim 1970 yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodi tomonidan taklif etilgan bo’lib, xozirgi paytda eng ko’p tarkalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog’lanishlarni amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyasion modeliga mos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga mi’lumotlarning relyasion ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning relyasion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga mi’lumotlar omborinn boshqarishning relyasion tizimi deyiladi. Ma’lumotlarning jadval kurinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyasion modeli deyiladi.