Axborot haqida tushuncha


Komp’yuter grafikasi turlari



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə40/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Axborot haqida tushuncha

Komp’yuter grafikasi turlari.
Shaxsiy komp’yuterlardan foydalanishda eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlardan biri-bu komp’yuter grafikasidan foydala-nishdir. Bu yo‘nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus komp’yuter grafikasi programmalari bo‘lishi zarurdir.
Ma’lumki, har qanday korxona yoki firma o‘z faoliyatida gazeta yoki jurnalda reklama e’lonlar berishi, buklet chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni prfessionallar qo‘liga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo‘lgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan o‘z imkoniyatlariga ko‘ra bajaradilar. Zamonaviy mul’timedia programmalari komp’yuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qo‘llaniladigan programmalar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu programmalarni bezash uchun sarflanadi.
Komp’yuter grafikasi programmalari 3 turga bo‘linadi:
1.Rastrli grafika
2.Vektorli grafika
3. Fraktal grafika
Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.
Rastr grafikasi asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo‘llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko‘rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi. Komp’yuterda qo‘llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko‘ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko‘proq pikselga ega bo‘lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o‘lchamiga ko‘ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‘lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollarda grafik programmalar yordamida qo‘lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko‘proq qo‘llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo‘llanilmoqda. SHu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Ammo rastrli grafika kamchilardan ham holi emas.
Masalan,
1.Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.
2. Mayda detallarni ko‘rish uchun tasvirni kattalashtirib bo‘lmaydi.
Vektorli grafika-uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo‘lib hisoblanadi. Komp’yuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning pa rametrlari ko‘rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Unda sodda ob’ektlar murakkab ob’ektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’ektga yo‘naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Komp’yuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
Fraktal grafika-bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo‘ladi. Komp’yuterda tashkil qilingan turli o‘yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi komp’yuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o‘zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
Sanab o‘tilgan komp’yuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator programmalar ishlab chiqilgan.
Komp’yuter grafikasi programmasida ishlashda talabalarni grafika bilan ishlashga qiziqtirish lozim. Mustaqil ish sifatida aloxida, xar bir talabaga topshiriqlar ya’ni xisob-grafik ishlar tayorlash lozim. Amaliy mashgulotda talabalr o‘z varianti asosida turli grafikalar yaratishi lozim. Ma’ruza mashg‘ulotida odatda barcha asosiy tushunchalar, umumiy ma’lumotlar beriladi. Xulosa kilib aytganda, «Komp’yuter grafikachining o‘qitish uslubiyati» mavzusi juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish bilan programmaning imkoniyatlarini o‘rganadilar. Bunda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi.



Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin