Axborot kommunikatsion texnologiyalar


A guruh. Verifikatsion himoya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

 
A guruh. Verifikatsion himoya. 
Ushbu guruh kirishlarni boshqarish 
mexanizmlarining to‘g‘ri ishlashida verifikatsiyaning formal metodlaridan 
foydalanishi bilan xarakterlanadi. 
A sinf. 
Formal verifikatsiya.
A sinfiga kiruvchi tizimlar funktsional jihatdan 
B3 sinfidagi tizimlarga ekvivalent bo‘lib, ularga hech qanday qo‘shimcha 
funksional talablar qo‘shilmagan. B3 sinfidagi tizimlardan farqi shundan iboratki, 
qayta ishlashga kirishayotgan paytda himoya yuqori aniqlik bilan to‘g‘ri ishlashiga 
erishish imkonini beruvchi verifikatsiyaning formal metodlari qo‘llanilishi kerak. 
A sinfdagi tizimni verifikatsiya metodlari bilan ta’minlash uchun tizim 
konfiguratsiyasini boshqaruvchi kuchli vositalarga ega bo‘lishi kerak. 
Keltirib o‘tilgan sinflar ko‘p vaqtgacha xavfsizlikning asosiy konseptsiyasini 
va himoya vositalarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 
 
2.6§ Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya masalalari 
Identifikatsiya va autentifikatsiya xizmatlarini xavfsizlik vositalarining 
dasturiy-texnik asosi deb hisoblasa ham bo‘ladi. Chunki bu xizmatlar tashkilotning 
axborot qobig‘iga kirish mumkin bo‘lgan birinchi chegarasidir.
Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki 
foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda 
identifikatsiyalovchi axborotga bog‘lik. 
Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. 
Bu axborot subyekti 
identifikatori
deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda 
ro‘yxatga olingan identifikatorga ega bo‘lsa u legal (qonuniy), aks holda legal 
bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan 
foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va 
autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim. 


45 
Identifikatsiya
(Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) 
bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida 
birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi 
bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar 
bazasida uning borligini tekshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin