Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

5.3§ Kod ovlovchilar 
 
Birovning 
shifr 
sistemalarini 
kodini 
o‘g‘irlab 
sotish, 
mashina 
signalizatsiyalari o‘ylab topilishidan oldin boshlangan. Hatto bunday o‘g‘rilik 
yuqori davlat idoralari orasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan Ikkinchi 
jahon urushi yillarida Yaponiyaning Evropadagi razvedkasi Germaniyaga 
Yugoslaviya genshtabining kodini va Braziliya, Vatikan, Portugaliya i Turkiya 
davlatlari diplomatik aloqa kodlarini sotishga muvofaq bo‘lgan. Amerikalik Djon 
Entoni Uoker 20 yil SSSR ga AQShning HDK (Harbiy Dengiz Kuchlari) 
raketalarini boshqarish sistemalari kalitlarini sotishga erishgan. SSSR tarafidan esa 
shu yo‘sindagi “tadbirkorlik” bilan polkovnik Oleg Penkovskiy shug‘ullangan. 
Tarixchilarni aytishicha polkovnik SSSR mudofaa sistemasini ochishiga bir bahiya 
qolgan.


91 
 
Polkovnik Oleg Penkovskiy 
Djon Entoni Uoker 
Tarixdagi birovni kodini o‘g‘irlash uchun eng yirik bo‘lgan operatsiyaning 
nomi “Djennifer”. Bu operatsiya 1970 yillarda AQSh tomonidan o‘tkazilgan. Bu 
operatsiyani amalga oshirish uchun Glomar Explorer nomli yirik kema quriladi. 
Glomar Explorer tabiatshunoslik izlanishini bahona qilib, 1968 yili Atlantika 
okeaning 5000 m tubiga cho‘kib ketgan, maqsadi Sovet M - 129 kemasini taftish 
bo‘lgan. “Djennifer” operatsiyasi mualliflarining fikricha M - 129 ning ichida 
Sovet HDK suv osti kemalari va sohil radio idoralarining ma’lumot almashinuvini 
ta’minlovchi shifr sistema kalitlari bo‘lgan. 
Bunday “tadbirkorlik”ni kriptoanaliz nazariyalari bilan shug‘ullanuvchi davlat 
idoralari ham chetlab o‘tishmagan. Masalan tarixda Marfin sharashkalari (Maxsus 
qamoqxona) nomi bilan mashhur Sovet NII-2 xodimlarini keltirsa bo‘ladi. 
Keyinchalik harbiy va diplomatik shifrlash qurilmalarini ochish bilan KGB ning 16 
– bo‘limi ish yuritgan. Ular “Sovuq urush” davridagi eng kuchli EHM – Bulatdan 
foydalanishgan. Qurilma Vernadskoy mavzesidagi baland imoratga joylashtirilgan 
bo‘lgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin