5.4§ XX asrning maxfiy siri
Kriptoanalitiklarni e’tiborini qozongan eng mashhur ma’lumotlarni
himoyalovchi qurilma bu – “Enigma” (Maxfiy) qurilmasi hisoblanadi. Mazkur
qurilma nemis injeneri Arturom Sherbiusom tomonidan ixtiro qilingan. Tuzilishiga
92
ko‘ra “Enigma” oddiy avtomobil’ odometr
3
ini eslatadi: uchta rotordan (shifrodisk)
iborat bo‘lib, elektr moslamalar yordamida oldinma keyin joylashgan bo‘lgan.
Operator ochiq tekstdagi biror bir harfni qo‘rilmaga yozmoqchi bo‘lsa,
qurilmadagi mos klavishani bosishi kerak bo‘lgan. Klavisha bosilganidan so‘ng
signal uchta shifrdiskda joylashgan aloqa putanitsalaridan o‘tadi. Shundan so‘ng
hosil bo‘lgan ma’lumot reflektor bo‘limiga o‘tar, undan esa boshqa yo‘l “elektr
yo‘l” orqali ortga qaytar edi. Shundan so‘ng birinchi disk bir pozitsiyaga o‘zgarar
edi. Shu sababdan kiritilayotgan keyingi harfning shifri butunlay boshqa qoidaga
asosan hosil bo‘lar edi. Operator 26 ta harfni kiritganidan so‘ng birinchi disk
o‘zining boshlang‘ich holiga qaytar, ammo ikkinchi disk bir pozatsiya o‘zgarar edi.
“Enigma” qurilmasi yordamida ma’lumotni tezda shifrlash uchun to‘rt
kishidan iborat brigada guruhi zarur bo‘lgan: birinchisi ochiq tekstni o‘qib turgan,
ikkinchisi tekstni klaviatura yordamida terib turgan, uchinchisi indikatordan
chiqqan shifrlangan ma’lumotni o‘qib turgan, to‘rtinchisi esa o‘qilayotgan shifr
tekstni telefon yoki boshqa qurilmalar orqali uzatib turgan. “Enigma” shifr
tekstlarining kalitlari bo‘lib, rotorlarning boshlang‘ich holi va elektron
kommutatsiya zanjirlari hisoblangan. Kalitlarni topish kombinatsiyasining ehtimoli
92 ta nollardan iborat bo‘lgan raqam bo‘lgan.
5.1-rasm. Enigma shirflash qurilmasi
3
Odometer - oddiy hisoblagich – g‘ildirakning aylanishlarning sonini o‘lchash uchun qurilma. Odometr yuriladigan
masofani indikatorda o‘qishga aylantiradi. Odatda odometr ko‘rsatkichni va g‘ildirakning aylanishiga bog‘liq
ko‘rsatkichni (datchik) o‘z ichiga olgan o‘lchash vositasidan iborat.
|