96
Endi shifrlangan matn qatorlar bo’yicha
aniqlanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 3
tadan belgilarni ajratib yozamiz.
O‘ES NYD LZK TBU AAB IOU KVT
Bu yerda kalit sifatida jadval o‘lchamlari xizmat qiladi. Tabiiyki, uzatuvchi va
qabul qiluvchi kalit sifatida jadval o‘lchami bo‘lishini o‘zaro
kelishib olishlari
kerak. Deshifrlashda teskari amal bajariladi.
5.7§ Jadval almashtirishlar usuli
Jadval almashtirishlar usuli o‘rta asrlardan
boshlab XIX asr oxirigacha
foydalanilgan. Bir nechta usuli mavjud. Bu usullarning hammasida ma’lum bir
o‘zgarmas satr va ustunlarga ega bo‘lgan jadval tanlab olinadi.
Shifrlanadigan
ma’lumot shu jadvalni to‘ldirishi shart. Jadvalning har
bir katakiga bittadan belgi
yoziladi. Ma’lum
qoidalar asosida ustunlar, satrlar almashtiriladi ya’ni
shifr tekst
hosil bo‘ladi.
1-usul.
Kalit so‘zli jadval almashtirishlar.
Bu usulda kalit sifatida so‘z
olinadi. Bu so‘zdagi harflar takrorlanmasligi kerak. Shifrlanadigan matn shu so‘zga
karrali qilib olinadi. Kalit so‘z harflari jadvalning 1-satriga yoziladi. Shifrlanadigan
matn esa jadvalning keyingi satrlariga gorizontal tarzda yozib chiqiladi. Kalit so‘z
alfavit tartibida harflari almashtiriladi. Kalit so‘z harflari turgan ustundagi harflar
ham mos ravishda o‘zgaradi. Hosil bo‘lgan jadvalga gorizontal tarzda matn yozib
chiqiladi. Shu usulda matn shifrlanadi.
Dostları ilə paylaş: