82
4.1-rasm- Antivirus dasturlari turlari
Ba’zi antiviruslar esa, shubhali obyektning o‘zini ajratib olib, uni diqqat bilan
tekshirib chiqadi, kompleks usulda tahlil qiladi. Bunday usulning yaxshi tarafi –
o‘zining shaklini oson o‘zgartirib oladigan yoki uncha tanilmagan viruslarni ham
aniqlash imkoni borligidir, yomon tarafi – antivirus dastur tez-tez yolg’on
chaqiruvlarni amalga oshiradi. Chunki, aytganimizdek, antivirus aniq biror bir
virusni emas, balki shubhali ko‘ringan har qanday faylni tekshiraveradi.
Virusni aniqlashning yana bir usuli – xotiradagi o‘zgarishlarni
doimiy
ravishda tahlil qilish, monitoring qilishdir. Bunda fayllarning axborot hajmlari,
hosil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan birortasi o‘zgarib
qolsa, antivirus darrov mana shu o‘zgarishni o‘rganishga tushadi. Chunki, odatda
viruslar fayllarning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi.
Antivirus dasturining eng muhim sifati zararli kodni aniqlash hisoblanadi.
Bundan
tashqari, ularning ishlash tezligi, xotirada egallaydigan joyining hajmi,
kompyuter resurslarining qancha qismidan faol foydalanishi ham muhim
ahamiyatga egadir. Chunki ba’zi antivirus dasturlar
ishlayotganida kompyuter
deyarli «qotib» qoladi.
Antivirus dasturlarning ba’zilari pullik, ba’zilari esa bepul tarqatiladi.
Bilingki, pullik antiviruslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi va kompyuteringizni
ishonchliroq himoya qiladi, boshqacharoq aytsak, pullik antivirus mas'uliyatni his
83
qiladi. Bepul antiviruslar ham kompyuterni himoyalay oladi, lekin jiddiy xavf-
xatar vaqtida pullik antiviruslarning litsenziyalangan
versiyasigina yordam bera
oladi.
Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda mashhur bo‘lgan antivirus
dasturlari ba’zi holatlarda samarali ishlay olmay qoladi. Chunki ularning ishlash
algoritmlari uzoq vaqt o‘zgarmay turadi, virus tuzuvchi «hakerlar»
esa bu
algoritmlarni yaxshigina o‘zlashtirib oladilar va antivirusga ko‘rinmaslikning
ilojini topadilar. Yangi chiqayotgan antiviruslar shu jihatdan avvalgilarga
qaraganda foydaliroq bo‘ladi. Chunki ularning ishlash algoritmlari ham
yangilangan,
zamonaviy
viruslarni
topishlari
osonroq.
Kompyuter
foydalanuvchilariga maslahatimiz quyidagicha. Siz qaysi antivirus dasturidan
foydalanmang, deylik, 2-3 oyda bir marta umuman boshqa antivirus o‘rnatib,
kompyuteringizni, operatsion tizimini qaytadan tekshirib ko‘ring.
Chunki
kompyuterda uzoq vaqt ishlagan eski antivirus vaqt o‘tishi bilan yangi viruslarni
topa olmagan bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: