Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari.
Eng yaxshi himoya turi -
viruslarni qay tarzda ta’sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar bo‘lib, biror
g‘aroyib kuchga ega emaslar.
Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biror-bir zararlangan
dasturning ishlashi talab qilinadi. shuning uchun kompyuterning birlamchi
zararlanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi:
kompyuterdagi virus bilan zararlangan dasturlar yuklanishi (COM, BAT
yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan dasturning ishlatilishi;
kompyuterga virusli fleshkaning qo‘yilishi;
kompyuterga qurilmalarning zararlangan drayverlarini o‘rnatilishi.
79
Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin:
Fleshka ma’lumotlarni o‘qishda albatta virus borligiga tekshirish;
axborot nusxalarini ko‘chirish, shuningdek disklar va axborotni saqlash
uchun
ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy
zararlanishdan, dasturlarni esa buzilishdan saqlash;
axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun dasturlardan
foydalanishni cheklash, xususan, dastur va ma’lumotlarning viruslar ta’sirida
o‘zgarishidan, noto‘g‘ri ishlayotgan dasturlar va foydalanuvchilarning noto‘g‘ri
harakatlaridan himoya qilish;
viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar;
viruslar bilan kurashuvchi maxsus dasturlardan foydalanish.
Zararli dasturlarning asosiylari bilan tanishib chiqamiz.
Troyan (troya otlari). Tarixdan Troya urushi haqida o‘qiganmisiz? O‘shanda
dushman tomon sovg‘a qilgan bahaybat ot haykali ichida yashirinib olgan askarlar
tunda chiqib, qal'a darvozasini ochganlar. Troyanlar ham xuddi shunday ish
ko‘radi – kodek, skrinseyver kabi xavfsiz ilovalarga o‘xshab ko‘rinadilar,
kompyuterga tushib olgach esa, g‘arazli ishlarini boshlab yuboradilar. Masalan,
troyan o‘zining nomini new_game.exe kabi qiziqarli va bir qarashda zararsiz
dasturga o‘zgartirib oladi. Ushbu dastur yuklab olingandan keyin, yoki umuman
ishlamaydi, yo yuklanishda xato yuz bergani va dastur yopilishi haqida xabar
chiqadi. Lekin, shuning o‘zi troyanga buzg‘unchligini qilib olish uchun yetarli.
Bekdorlar (backdoor). Bu – tizimni masofadan turib, ruxsatsiz va yashirin
boshqarish dasturlaridir. Ular foydalanuvchi uchun an'anaviy bo‘lgan har qanday
amallarni – klaviaturada terish, kursorni yuritish, darcha va ekrandagi narsalarni
ko‘rish, tashqi qurilmalarni ishlatish kabilarni bajarish imkonini beradi. Bekdorlar
muhim axborot bilan ishlaydiganlar, moliyaviy tizimga kiriladigan kompyuterlar
uchun o‘ta xavflidir.
Ushbu dasturning asosiy vazifasi – kompyuter tizimiga yashirin ravishda
barqaror kirib turishni ta’minlashdir.
80
Spyware va Adware
.
Ularning asosiy vazifasi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish
va bevosita yoki bilvosita moddiy manfaatga ega bo‘lishdan iborat.
Adware («Reklama mahsuloti») – foydalanuvchi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan
reklamalar namoyish etadi;
Spyware («Josus mahsulot») – adware dan ko‘ra ancha xavfli. Bu dastur
foydalanuvchi
harakatlarini
kuzatib
boradi,
kiberjinoyatchilarga
shaxsiy
ma’lumotlar, kompyuter konfiguratsiyasi, terilgan matn va turli akkauntlarga
parollar kabilarni yetkazib berib turadi. Eng yomon tomoni – antivirus dasturlar
har doim ham bunday viruslarni topa olmaydi.
Rutkitlar. Ular dasturiy va tizim so‘rovlari natijalarini «ushlab olib»,
almashtirib qo‘yish orqali, zararli dastur yoki jinoyatchining faoliyatini yashirish
uchun mo‘ljallangan. Masalan, antivirus kompyuterda viruslar bor-yo‘qligini
tekshirish uchun, operatsion tizimdan fayllar ro‘yxatini «so‘raydi». Rutkit esa,
operatsion tizim taqdim etgan ro‘yxatni «ushlab olib», undan bekdor viruslarini
olib tashlab, antivirusga «topa-toza» fayllargina bor ro‘yxatni beradi. Natijada
antivirus hech qanday shubhali narsa topa olmaydi.
Bot/Zombi. Botlar va zombilarni zararli dasturlarni boshqarish usuli desak
ham bo‘ladi. Ko‘p hollarda troyanlar va bekdorlar yangi talqinlarni yuklash,
spamlar tarqatish va boshqa ko‘rsatmalarni olish uchun o‘z egalari, «ona»
tarmoqlariga bog‘lanib turadilar. Bunda bot va zombilar keng tarqalgan aloqa
usullaridan ham (masalan, ICQ), o‘zlari uchun alohida ishlab chiqilgan bog‘lanish
yo‘llaridan ham foydalanishlari mumkin.
Aynan botlar va zombilar yashirin Internet-trafik oqimini yuzaga keltiradi
(Internet orqali ma’lumotlar yuklab oladi va jo‘natadi) va shu orqali kompyuter
foydalanuvchisining hamyonini ship-shiydam qilishga hissa qo‘shadi.
Chuvalchang (Worm). Bu dastur qattiq diskda, kompyuter xotirasida
ko‘payadi va tarmoq orqali tarqaladi. «Chuvalchang»larning boshqa viruslardan
asosiy farqi shundaki, ularning o‘zlari bevosita hech qanday zarar keltirmaydi,
faqat o‘zidan-o‘zi ko‘payib yotaveradi. Bundan maqsad xotirani to‘ldirib,
operatsion tizim faoliyatini sekinlatishdir. Lekin, chuvalchanglar boshqa viruslar
81
uchun baza vazifasini ham o‘taydi. Masalan, ba’zida bu dasturlar ishga tushganda,
u kompyuterni bot-tarmoqqa ulaydi va bu mashinaga yashirin kod o‘rnatib
qo‘yadi, ya’ni Internetdan kompyuterga «maxfiy tuynuk» ochadi.
Viruslarning birgalikda ishlashi. Viruslarning turlari har xil bo‘lishiga
qaramay, odatda hammalari «kelishib» ishlaydilar. Bir-birlarini yashiradilar,
yangilangan ko‘rinishlarining yuklanishiga yordam beradilar. Chuvalchanglar
bekdorlar uchun makon bo‘lishadi va tarmoqlarda birlashishga xizmat qiladi,
troyanlar parollarni o‘g‘irlab, spyware viruslarini o‘rnatadilar va h.k.
Dostları ilə paylaş: |