Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

Savol va topshiriqlar 
1. 
Ахbоrоt хаvfsizligining yo‘nаlishlаri? 
2. 
Tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari 
3. 
Tashkilotlarda xavfsizlikni ta’minlashning yo‘nalishlari? 
4. 
Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash? 
5. 
Huquqiy himoyani tashkil etish choralari? 
6. 
Huquqiy himoyani tashkillashtirish masalalari? 
7. 
Ахbоrоtni himоyalаsh tizimining kоmplеksliligi vа elеmеntlаri. 
8. 
Himоyaning buzilishlаrigа sаbаb bo‘luvchi omillar? 
9. 
Tashkiliy himoyani tashkillashtirish asoslari? 
10. Injener-texnik himoyada ishlatiladigan vositalar va ularning turlari? 
11. Himоya mехаnizmlаri qаndаy usullаrgа аsоslаnаdi? 
12. Axborotlarni dasturiy himoyasining asosiy yo‘nalishlari? 
13. Tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalashda qanday 
tadbirlarni amalga oshirish lozim? 
14. Ахbоrоtlаrni muhоfаzа qilishning tехnik vоsitаlаrini ayting? 
15. Himоyaning tехnik vоsitаlаri ayting? 
16. Dеmаskirоvkа bеlgilаri deganda nimani tushunasiz? 
17. Obektning dеmаskirоvkа bеlgilаri? 


68 
IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING 
APPARAT-DASTURIY VOSITALARI 
4.1§ Axborot himoyasini ta’minlashning dasturiy vositalari 
 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, 
berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini 
tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, tashkiliy 
choralarni ko‘rish va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. 
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar 
bilan ishlashda, ya’ni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga 
ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron pochta orqali axborot 
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi.
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan 
holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki 
faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash 
uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi.
Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam 
qo‘llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm 
va boshqalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat 
bo‘lishi va unda har bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv 
fayllari ko‘p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarini 
qismlarga bo‘lib disketalarga sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun 
foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. 
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni 
eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar 
guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha ham qilish 
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga 
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan 
holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 


69 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda 
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. 
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi 
ixchamlanadi. 
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, 
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi 
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu 
arxivning formati deyiladi. 
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega 
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi 
ma’lumotlar saqlanadi: 
­ fayl nomi; 
­ fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;
­ faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti
­ faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami; 
­ arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik 
tekshirish kodi. 
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows muhitida 
fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin