Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

B guruh. Mandat himoya. Bu guruhning asosiy talablariga har bir tizimga 
kirish huquqlarini xavfsizlik belgilari yordamida amalga oshirish va nazorat 
monitori tomonidan har bir foydalanuvchining har bir amali doimiy nazoratda 
bo‘lishi kiradi. 
B1 sinf. Xavfsizlik belgilari yordamida himoya. B1 sinfidagi himoya 
vositalari C2 sinf talablariga to‘liq javob berishi va bundan tashqari ma’lumotlarni 
markirovka qilish, tizimga kirish boshqaruvning normativ hujjatlari asosida 
ta’minlanishi, tizimdan chiqayotgan har bir ma’lumot markirovka qilinishi va 
ulardagi topilgan kamchiliklar maxsus test sinovlari natijasida bartaraf etilishi 
kerak.  
B2 sinf. Strukturalashtirilgan himoya. Bu sinf talablariga javob berish uchun 
B1 sinf talablariga javob bergan xavfsizlik modeli aniq rasmiy hujjatlashtirilgan 
bo‘lishi kerak. Tizim arxitekturasi, interfeyslari ma’lum bir vaqtda sinov o‘tkazish 
imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak. B1 sinfiga nisbatan autentifikatsiya 
vositalarining xavfsizlik darajasi xavfsizlik administratori tomonidan boshqarila 
olishi kerak. Butun tizim konfiguratsiyasi boshqaruv imkoniyatiga ega bo‘lishi 
kerak. 
B3 sinf. Domenlar himoyasi. Bu sinf talablariga javob berish uchun aylanib 
o‘tish yo‘llari mavjud bo‘lmagan tizimga kirishni to‘liq nazorat qila oladigan 
doimiy nazorat tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim ichida B3 sinfiga javob bera 
olmaydigan birorta tashkil etuvchi bo‘lishi kerakmas. Tizim himoyasini qulay, 
samarali nazorat qilish dasturi va analiz qilish dasturlari bo‘lishi kerak. Tizim 
tashkil etuvchilarining murakkabligi minimallashtirilgan bo‘lishi kerak. Tizim 
auditi xavfsizlik administratoriga, tizimdagi nosozliklar, xatolar va uning 


44 
xavfsizlik himoyasiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar to‘g‘risida o‘z vaqtida 
ma’lumot berishi kerak. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin