Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

 
 



I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI 
 
1.1§ Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning asosiy
tushunchalari va maqsadi 
Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy 
salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu 
resursdan 
samarali 
foydalanish 
mamlakat 
xavfsizligini 
va 
demokratik 
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday 
jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta 
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llash sohalari ham o‘z o‘zidan kengayadi. 
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun 
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan 
biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni, xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa 
shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori 
tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan 
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yillar oldin hamma narsa tubdan 
o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga 
aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib 
oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va 
soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. 
Turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik 
hayotimizga Internet xalqaro tarmog‘i orqali kirib kеlmoqda. Axborotlar 
dunyosiga sayohat qilishda davlat chеgaralari dеgan tushuncha yo‘qolib bormoqda. 
Jahon kompyutеr tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni 
davlat axborotlarning tarqalishi mеxanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning 
uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va 
yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bundan davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va 



ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga 
aylanmoqda. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin