«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

9.4. 
INTERNET tarmog‘i va uning ahamiyati
Internet tushunchasi. 
Internet bu yagona standart asosida 
faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning 
nomi ikki xil talqin qilinadi, y a ’ni “International Network” - xalqaro 
tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan 
ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlami 
birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot 
maydoniga ega boMgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqg‘i, unga ulangan barcha kompyuterlaming 
o'zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet 
tarmog'ining har bir mijozi o'zining shaxsiy kompyuteri orqali 
boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, 
Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, 
Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi k o ‘rgazmasiga 
qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok 
etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa 
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan 
shaxmat o ‘ynash mumkin.
Global tarmoq tushunchasi. 
Internet tarmog‘ining asosiy 
yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ulami o ‘zaro 
bog'lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i - bu global tarmoq 
vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar o ‘rtasida aloqa o ‘matibgina 
qolmay, balki kompyuterlar guruhini o ‘zaro birlashtirish imkonini 
ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita intemetga
224


ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi 
(kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuning- 
dek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar 
ham mavjud bo‘lib, ulami xost kompyuterlar (host - asosiy 
hisoblash mashinasi) deb atashadi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin